» » “Sporting” penaltilar seriyasida “Portu”ni mag‘lub etib, Portugaliya Kubogini qo‘lga kiritdi

“Sporting” penaltilar seriyasida “Portu”ni mag‘lub etib, Portugaliya Kubogini qo‘lga kiritdi


25-may, shanba kuni futbol bo‘yicha Portugaliya Kubogi finalida Lissabonning “Sporting” klubi “Nasional” stadionida “Portu” jamoasi bilan bahsga kirishdi.

Uchrashuvning 40-daqiqasida hujumchi Tikinyo aniq zarbasi bilan jamoasini hisobda oldinga chiqib oldi (0:1). Oradan 5 daqiqa o‘tib esa “ajdarlar” yarim himoyachisi Pereyra Danilu o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi va hisob tenglashdi (1:1). O‘yinning asosiy vaqtida g‘olib nomi aniqlanmadi va jamoalar qo‘shimcha bo‘limlarda ham o‘ynashga majbur bo‘ldi.

101-daqiqada lissabonliklar hujumchisi Bas Dost “Portu” darvozasiga gol urdi (2:1). Bellashuvning so‘nggi daqiqalarida esa “Portu” klubi himoyachi Augusto Felipening goli bilan javob qaytardi (2:2). Qo‘shimcha bo‘limlar ham durang bilan yakunladi.

Penaltilar seriyasida esa “Sporting” klubi “Portu”ni 5:4 hisobida mag‘lub etdi va Portugaliya Kubogiga ega chiqdi.

Ma’lumot uchun, bu Lissabon klubining kubok tarixidagi 21 va 2015-yildan buyon dastlabki sovrini bo‘ldi. “Portu” hisobida esa 20 ta shunday sovrin mavjud.

Portugaliya Kubogi

Final bahsi

25-may, shanba

Gollar: 0:1 — 40 Tikinyo, 1:1 — 45, avtogol, Danilu, 2:1 — 101 Dost, 2:2 — 120+1 Felipe

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют