» » Tailandda bosh vazirga nisbatan suiqasdning oldi olindi

Tailandda bosh vazirga nisbatan suiqasdning oldi olindi


Tailand politsiyasi mamlakat bosh vaziri Prayut Chan-Ochaga nisbatan tashkillashtirilayotgan suiqasdni fosh qildi, deb yozadi “TASS” Reuters’ga tayanib.

Tartib posbonlari 18-mart, shanba kuni “Demokratiya uchun xalq ittifoqi” hukmron partiyasiga qarshi chiquvchi va Tailand sobiq bosh vaziri Taksin Chinavatni qo‘llab-quvvatlovchi “Demokratiya uchun birlashgan front diktaturaga qarshi” so‘l siyosiy harakatining qochqinlikdagi yetakchilaridan birining uyidan qurol-yarog‘ omborini topgan.

“Biz optik nishonga olgichi bo‘lgan vintovkani topdik. Qurol qushlarni otishga emas, balki mamlakat yetakchisiga hujum qilish uchun mo‘ljallanganiga kafilmiz”, — dedi qirollik politsiya boshlig‘i bosh vazirni nazarda tutib. Ish bo‘yicha to‘qqiz nafar gumonlanuvchi qo‘lga olindi.

Опубликовано: admin (20-03-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют