» » Misr aviakompaniyasi Toshkent—Sharm ash-Shayx reyslarini yo‘lga qo‘ydi

Misr aviakompaniyasi Toshkent—Sharm ash-Shayx reyslarini yo‘lga qo‘ydi


O‘zbekiston aviaqatnov bozorida yana bir xorijiy kompaniya paydo bo‘ldi. Misr AlMasriya Universal Airlines aviakompaniyasi Toshkentdan Sharm ash-Shayxga boradigan reyslarni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar berdi.

Yangi yo‘nalishdagi reyslar har hafta chorshanba kunlari parvoz qiladi. Birinchi reys 12-iyun kuni amalga oshiriladi. Toshkent—Sharm ash-Shayx yo‘nalishida zamonaviy Airbus-320 samolyotlari xizmat ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Toshkentdan Jakartaga to‘g‘ridan to‘g‘ri uchuvchi reyslar joriy qilindi. 16-iyuldan esa Toshkentdan Tbilisiga birinchi qatnov amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют