» » Fotogalereya: Ko‘pchilik bilmaydigan ajabtovur hayvonlar

Fotogalereya: Ko‘pchilik bilmaydigan ajabtovur hayvonlar


O‘rdakburun va pangolin, albatta, noodatiy hayvon. Lekin ular ko‘pchilikka tanish. Ayni paytda esa tabiatda yana shunday jonzotlar borki, odamlarni lol qoldiradi. Masalan, so‘yloqtishlari bor vovillaydigan kichik bug‘u,  nozik soqolli to‘ng‘iz, katta quloqli tulki — bular quyidagi maqolada beriladigan ajoyibotlarning bir qismi xolos. Va oxirida siz yuz minglab yillar keyin “qayta tirilgan” qushni ko‘rasiz, deya yozadi AdMe.

Yerbo‘ri

Yer bo‘risi sirtlonlar oilasining eng yoqimtoy vakili. Bu hayvon o‘laksa bilan emas, qirchumolilar bilan oziqlanadi. Boshqa hayvonlar tashlab ketgan inlarda yashaydi. Shuningdek, yerbo‘ri umri davomida bitta juft tanlaydi va unga sodiq qoladi.

Xarza

Xarza — suvsarlarning eng yirik va yorqin vakili. Bu hayovnlar uzoq umr ko‘radi, chunki ularning dushmani yo‘q: yirtqichlar ular badbo‘y hid chiqargani uchun qiziqmaydi, odamlar esa chiroyli bo‘lsa ham yoqimsiz va dag‘al teridan qochadi. Ularga faqat o‘rmonlarni qisqartirilishi oqibatida yashash joyidan mahrum bo‘lish xavf solishi mumkin. Yosh xarzalar odamga tez o‘rganadi va shirinliklarni yaxshi ko‘radi: nok, quruq mevalar, asal.

Peters uzundum kuchukchasi

Peters uzundum kuchukchasi sakrog‘ich bo‘ladi va kuchukchaga umuman o‘xshamaydi. Ismi bilan uyg‘un yagona narsa — bu uning itlarga o‘xshab daraxtga chiqolmasligidir. Bu hayvon yerda in qurib yashaydi va bir umr bitta hududda umr kechiradi. Uni qo‘lga o‘rgatib bo‘lmaydi.

Katta quloqli tulki

Katta quloqli tulkining 48 ta tishi bo‘ladi, lekin u tishlar juda mayda, tishlashi esa jonsiz. Bunga hayvonning evolustiyasi va ratsionini o‘zgaritirish xohishi sabab bo‘lgan. Boshqa tulkilardan farqi shundaki, u hasharotlar go‘shtini va mevalarni ma’qul ko‘radi. Shuning uchun uzoq yillar davom etgan bunday ovqatlanish odati ularning tishlarini mayda va nimjon qilib qo‘ygan.

Soqolli to‘ng‘iz

Soqolli to‘ng‘iz tana tuzilishining o‘suvchanligi va nozikligi bilan boshqalardan farqlanadi. Bu hayvon kunduz kuni faol. Soqolli to‘ng‘izlar guruh bo‘lib yashaydi. O‘ziga xos jihatlaridan biri — bu ularning ko‘chib yurishidir. Yuzga yaqin to‘ng‘iz yig‘iladi-da, ovqat izlab uzoqqa ketadi. Ular deyarli hamma narsani yeydi, jumladan, ildiz, hasharotlar, o‘laksalar. Shuningdek, ular maymunlar yerga uloqtirgan mevalarni tutib olish maqsadida ularni kuzatib turadi.

Afrika sivetasi

Afrika sivetasi mayda hayvonlar, o‘laksalar, ilonlar va o‘simliklar bilan oziqlanadigan yirtqich hayvon. Xavf paytida yunglarini ko‘tarib, hajmini kattalashtiradi. Agar bolalaigidan tarbiyalasa, uni qo‘lga o‘rgatsa bo‘ladi.

Qizil bo‘ri

Qizil bo‘ri dengiz sathidan 4 000 metr balandlikka ko‘tarila oladigan noyob tog‘ jonivori. Yirtqich yovoyyi qo‘shtuyoqlilar bilan oziqlanadi, ammo uy hayvonlariga tegmaydi. Bu hayvon “kuylovchi tog‘ bo‘risi” nomi bilan ham mashhur. Chunki o‘ziga xos tarzda ovoz chiqaradi, bu uvillashdanam ko‘ra ko?roq kuylashga o‘xshaydi. Qizil bo‘ri odamlardan qochadi va qo‘lga o‘rganmaydi.

Hind muntjaki

Hind muntjaki qalban it bo‘lgan, hamma narsani yeyaveradigan bug‘u. Yirtqich hayvonlarni ko‘rganda vovillashi va tishlab olishi mumkin. Erkak muntjakning so‘yloqtishlari va kichkina shoxi bo‘ladi. Bu shoxlardan ular urg‘ochi uchun va hudud uchun bo‘ladigan jangda foydalanadi. Bu bug‘ularni juftiga sodiq deb bo‘lmaydi, ular xaramlarni ma’qul ko‘radi.

Pudu

Dunyodagi eng kichik bug‘ular Chilida yashaydi. Lekin, afsuski, kichik gavdasi tufayli pudu kopincha yirtqichlar va brakonyerlarning oson erishiladigan o‘ljasiga aylanadi. Bug‘u o‘simliklar bilan oziqlanadi, lekin uning sevimli yeguligi dengiz o‘tlari hisoblanadi. Uni yeyish uchun pudu tog‘dan pastga tushib, ovchilarga nishon bo‘lish ehtimoli kuchli.

Amerika jayrasi

Novdaga qulay joylashib olgan amerika jayrasiga qarab, to‘liq ishonch bilan “Bahor! Vanihoyat jayralar uchib keldi” deyish mumkin. Bu hayvonlar haqiqatan ham daraxtlarda yashaydi. Pastga faqat suv ichish uchun tushadi. Oddiy jayralardan kichik hajmi va kaltaroq ignalari bilan ajralib turadi.

Kakomisla

Kakomislalar AQSh, Meksika va Markaziy Amerikada yashaydi. Lekin tungi hayot tarsi va favqulodda ehtiyotkorligi sabab bu yirtqich yaxshi o‘rganilmagan. Mushuklarga xos odatiga qaramay, kakomislalar yenotlarga qarindosh hisoblanadi. Bu hayvonlarga qarash yoqimli, ammo ularni tinglash haqida bunday deb bo‘lmaydi: ular chiqaradigan tovushdan soch oqarishi mumkin.

Kyuvyer cho‘poni

Kyuvyer cho‘poni yuz ming yil oldin tur sifatida yo‘qolib ketgan edi. Lekin iterative evolutsiya sabab bu qush qayta “tirildi” — ya’ni rivojlanish davrida bu turga juda o‘xshash qush paydo bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют