» » Xitoyda iPhone savdosi tushib ketdi

Xitoyda iPhone savdosi tushib ketdi


Xitoyda iPhone savdosi keskin tushib ketdi, ayni damda bor-yo‘g‘i 17% xitoyliklar iPhone sotib olish haqida o‘ylamoqda, deb yozadi Sputnik.

UBS kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovda ma’lum bo‘lishicha, Xitoyda iPhone’ga bo‘lga qiziqish keskin tushib ketgan. Yaqin ikki oy ichida iPhone sotib olasizmi deyilgan savolga o‘tgan yilning oktabr oyida 22% aholi “Ha” deb javob bergan edi. Hozir bo‘lsa bundaylar soni 5 foizga kamaygan.

UBS kompaniyasi direktori Timoti Arkurining fikriga ko‘ra, bunga AQShda Huawei kompaniyasiga qarshi kiritilgan sanksiyalar sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. iPhone sotib olish istagi milliy g‘urur tufayli yo‘qolgan bo‘lishi mumkin. Ekspert fikriga ko‘ra, bunday holat kamida 12 oy davom etadi.

Ushbu xabar ta’sirida Apple aksiyalari narxi biroz pastlab, 235 dollardan 225 dollarga tushgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 96) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют