» » Abituriyentlarning huquq va majburiyatlari nimalardan iborat?

Abituriyentlarning huquq va majburiyatlari nimalardan iborat?


Milliy matbuot markazida Davlat test markazi rahbariyati ishtirokida “Test topshiriqlarining huquq va majburiyatlari hamda abituriyentlar uchun yaratilgan imkoniyatlar” mavzuida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi, bu haqda O‘zA xabar qiladi.

Anjumanda ma’lum qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 14-maydagi qaroriga muvofiq abituriyentlar bir qancha huquqlarga ega.

DTM mutasaddilarining ta’kidlashicha, 2019/2020-o‘quv yili qabulidan boshlab abituriyentlar o‘qishga kirish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish, joriy o‘quv yilidan boshlab abituriyentga o‘zi ro‘yxatdan o‘tadigan, aniqrog‘i, doimiy istiqomat qiladigan joyida yoki boshqa qulay deb bilgan hududda test sinovida ishtirok etish huquqiga ega. Bu ortiqcha vaqt, mablag‘ sarflanishining oldini oladi.

Shuningdek, abituriyent bir vaqtning o‘zida oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirishda fanlar majmuasi ketma-ketligi bir xil bo‘lgan jami uchta bakalavriat ta’lim yo‘nalishida tanlovda ishtirok etishi mumkin. Bunda ta’lim yo‘nalishini tanlashda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasining mosligi e’tiborga olinadi.

“Abituriyent test sinovlari o‘tkaziladigan kuni pasporti va DTM ruxsatnomasi bilan belgilangan joyga ko‘rsatilgan vaqtdan kechikmay kelishi shart. Bundan tashqari abituriyent test topshiriqlari kitobi va o‘ziga tegishli javoblar varaqasini tekshirishi, test materiallari nuqsonsizligiga ishonch hosil qilishi, biron kamchilik aniqlangan taqdirda darhol guruh nazoratchisiga xabar berishi, javoblar varaqasi to‘g‘ri to‘ldirilishini ta’minlashi kabi qoidalarga so‘zsiz amal qilishi kerak”, — dedi DTM boshqarma boshlig‘i Diyorbek Qo‘chqorov.

Tadbirda abituriyentlar huquqlari haqida ham to‘xtalib o‘tildi.

Ta’kidlanishicha, chet tilini bilish darajasi bo‘yicha tegishli sertifikatga ega abituriyentlar davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Bunda 2019/2020-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda milliy hamda xalqaro baholash tizimlari sertifikatlaridan to‘liq foydalanish, milliy yoki xalqaro sertifikatlar asosida kirish test sinovlarida ishtirok etmay tegishli chet tili fanidan maksimal ballga ega bo‘lishi, chet tilini bilish darajasi bo‘yicha tegishli sertifikatga ega abituriyentlar sertifikatlarning amal qilish muddati davomida test sinovlari jarayonlarida tegishli imtiyozlardan foydalanish kabi huquqlarga ega.

Test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar belgilangan muddatda O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellyatsiya shikoyatini berishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют