» » Qashqadaryoda yo‘l-transport hodisasini sodir etib, piyodaning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qidirilmoqda

Qashqadaryoda yo‘l-transport hodisasini sodir etib, piyodaning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qidirilmoqda


Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida 25-may kuni soat 01:00 larda noma’lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani Oqtosh mahallasidan o‘tuvchi “Yakkabog‘—Chiroqchi—Ko‘kdala—Sho‘rbozor” yo‘lining 16-kilometrida haydab ketayotib piyoda, Olako‘ylak qishlog‘ida yashagan 21 yoshli D.T.ni urib yuborib, voqea joyidan yashiringan. Natijada D.T. jarohat olib voqea joyida vafot etgan, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar qiladi.

Ushbu yo‘l-transport hodisasini sodir etgan noma’lum haydovchini aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan. Holat yuzasidan jinoyati ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ichki ishlar vazirligi fuqarolardan, ushbu yo‘l-transport hodisasini sodir etgan haydovchi va uning boshqaruvidagi avtomashina haqida biron-bir ma’lumotga ega bo‘lsa, ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlariga yoki “102” telefon raqamiga xabar berishini so‘rab qoladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют