» » Iroqda IShID a’zosi bo‘lgan Fransiyaning 3 fuqarosi o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iroqda IShID a’zosi bo‘lgan Fransiyaning 3 fuqarosi o‘lim jazosiga hukm qilindi


Iroqda IShID a’zosi bo‘lgan Fransiyaning 3 fuqarosi o‘lim jazosiga hukm qilindi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Suriyada qo‘lga olingan 32 yoshli Keven Gono, Leonar Lope va 41 yashar Salim Mosh sud qaroridan shikoyat bildirish uchun bir oy vaqt bor. Ular hozirning o‘zida qarordan noroziligini aytib, sud muhokamalari Fransiyada bo‘lib o‘tishini talab qilgan.

Bu mamlakat sudi kelib chiqishi fransuz bo‘lgan jangarilarni oliy jazoga hukm qilishi bilan bog‘liq ilk holat. Bungacha ulardan bir necha nafari umrbod qamoq jazosiga hukm qilingandi. Shunday ayblov bilan qo‘lga olingan yana 9 nafar fransuz sud hukmini kutmoqda.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют