» » Toshkentda 1815 nafar fuqaroning 219,7 mlrd so‘m qarzi hisobdan chiqarildi

Toshkentda 1815 nafar fuqaroning 219,7 mlrd so‘m qarzi hisobdan chiqarildi


Toshkent shahrida olib borilgan targ‘ibot va tashviqot ishlari natijasida, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan 1815 nafar fuqaroning 219,7 milliard so‘m qat’iy belgilangan soliq va moliyaviy jarima bo‘yicha mavjud qarzi hisobdan chiqarildi. Bu haqda Toshkent Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmatiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi farmoniga asosan, Toshkent shahar davlat soliq xizmati organlari tomonidan vaqtincha faoliyat yuritmay turgan yoki qayta ro‘yxatdan o‘tib tadbirkorligini davom ettirish ehtimoli mavjud bo‘lgan soliq to‘lovchilarning soliq qarzlarini hisobdan chiqarish choralari amalga oshirilmoqda. Xususan, joylarga chiqqan holda fuqarolar bilan uchrashib, ularga faoliyatini qayta tiklash bo‘yicha tushuntirishlar berilmoqda.

Jumladan, 2012-yilda Uchtepa tumanida nooziq-ovqat chakana savdosini yo‘lga qo‘ygan Alijon Yunusaliyev qisqa vaqtda o‘z ishini to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Boisi, 2013-yilda soliq qonunchiligini buzgan tadbirkorga nisbatan 187 million so‘mdan ziyod moliyaviy jarima qo‘llanilgan edi.

“Tajribasizligim tufayli dastlab, ishlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya olmadim. Natijada, bir qator xatolarga yo‘l qo‘ydim va oqibatda qarzga botdim. O‘shandan beri, yangi ish boshlash istagi va qarzlarni qanday to‘lashim haqidagi o‘ylar tinchlik bermay yurgandi. Soliq idoralari xodimlari Prezidentimiz farmoni asosida faoliyatimni tiklasam, mavjud qarzlarim hisobdan chiqarilishini aytishganida tadbirkorlikka bo‘lgan ishtiyoqim yanada oshdi. Endilikda, yuklarni avtomobil transportida tashish faoliyati bilan shug‘ullanib, tadbirkorlikni davom ettirib kelyapman, — deydi A.Yunusaliyev.

Toshkent DSI matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunda Uchtepa tumanidagi 524 nafar fuqaro tadbirkor sifatida faoliyatini tikladi va ularning 39,3 milliard so‘mlik qarzlaridan voz kechilgan. Olmazor tumanida esa turli sabablar bilan moliyaviy jarima qo‘llanilgan va faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lgan 229 nafar tadbirkor o‘z faoliyatini qayta tiklagan va ularning 80 milliard so‘mdan ziyod soliq qarzi hisobdan chiqarilgan.

DSI turli sabablarga ko‘ra moliyaviy jarimaga tortilgan fuqarolarni joriy yilning 1-iyuliga qadar qarzdorlikni hisobdan chiqarish va tadbirkorlik faoliyatini tiklashga chaqirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют