» » O‘zbekistonliklarni Pushkinni tanimaslikda ayblagan Kseniya Sobchak Samarqandga keldi (foto)

O‘zbekistonliklarni Pushkinni tanimaslikda ayblagan Kseniya Sobchak Samarqandga keldi (foto)


Rossiyalik teleboshlovchi Kseniya Sobchak Samarqand shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda u o‘zining Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Sobchak shahardagi diqqatga sazovor maskanlarni ziyorat qildi. Xususan, u Go‘ri Amir maqbarasi haqida “Bu yerning energiyasi qattiq”, — deb yozib qoldirdi.

U Registon maydoni va Tillaqori madrasasini ham tomosha qilgan.

Rossiyalik teleboshlovchining Samarqandga nima maqsadda kelgani noaniq.

2017-yilda Kseniya Sobchak va Aleksey Navalniy o‘zbekistonliklarni Pushkinni tanimaslikda ayblagan edi. Ushbu ayblovga javoban o‘zbekistonlik ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari atoqli rus shoirining she’rlarini o‘qib, fleshmob uyushtirgan edi.

Shuningdek, o‘zbekistonliklar mamlakatda shoir nomi bilan ataluvchi ko‘cha, maydon va metro bekati borligini ham ta’kidlagan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют