» » AQShda kuchli tornado oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘ldi (foto+video)

AQShda kuchli tornado oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘ldi (foto+video)


AQShning Oklaxoma shtati, El-Reno shahriga yopirilgan tornado mehmonxonani vayron qilib, kamida ikki kishi halok bo‘lishiga sabab bo‘ldi, deb xabar berdi Forum Daily.

“Hozirgi paytda El-Reno sizning duolaringizga muhtoj”, — deb yozgan shahar meri Mett Uayt. Mer treylerlar bog‘ida ikki kishi halok bo‘lganini tasdiqlagan.

Oklaxoma-Sitining KWTV-TV muxbiri mehmonxona yonida vayronalar ostidan chiqarilgan qurbonlarni ko‘rganini ma’lum qilgan. Ayrim odamlar bedarak yo‘qolgan deb topilmoqda. Ularning aniq soni hozircha noma’lum.

Tornado The American Budget Value Inn mehmonxonasiga jiddiy ziyon keltirgan. Favqulodda vaziyatlar brigadasi mehmonxonaning ikkinchi qavati qulab tushganidan keyin undan qolgan qoldiqlarni tekshirmoqda.

Shahar meri El-Reno halokatdan tiklanishiga umid bildirgan. Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, hukumat butunlay tayyor bo‘lib, qutqaruvchilarni halokat joylariga qanday qilib xavfsiz yetkazish mumkinligini baholashga harakat qilmoqda.

El-Renoda 16 700 kishi yashaydi. Oklaxoma shtatining Norman shahridagi Milliy ob-havo xizmati Twitter’da Oklaxoma aholisini tornadodan ogohlantirgan. “Tornadoni ko‘ra olmaysiz, boshpana joyiga yetib olish uchun yetarlicha vaqtingiz bo‘lmaydi”, — deyilgan ogohlantirishda.

NEW drone video showing near total destruction of trailer home park in El Reno! Search and rescue workers can be seen picking through the rubble for survivors! @kfor #OKWX pic.twitter.com/rHAu2hChiZ

— Aaron Brackett (@Aaron_Brackett) May 26, 2019



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют