» » O‘zbekiston yoshlari delegatsiyasi Afg‘onistonga safar qildi

O‘zbekiston yoshlari delegatsiyasi Afg‘onistonga safar qildi


Yoshlar ittifoqi qoshidagi O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi delegatsiyasining Afg‘onistonga safari nihoyasiga yetdi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi.

Delegatsiya vakillari Balx viloyati, Naxri-Shaxi tumanida joylashgan, 2014-yilda foydalanishga topshirilgan Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi o‘zbek maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishib, unda ta’lim olayotgan yoshlarga 176 ta kitob va darsliklar hamda 600 dan ortiq tarqatma materiallarni sovg‘a qildi. Balx va Jujzon oliy ta’lim muassasalarining o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasida ta’lim olayotgan talabalarga ham 358 ta o‘zbek adabiyoti namunalari taqdim etildi.

Balx viloyati hokimi o‘rinbosari Shujouddin Shujo bilan uchrashuvda O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi delegatsiyasi rahbari Murodilla Alimboyev O‘zbekistonda yoshlarga oid amalga oshirilayotgan davlat siyosati, ularni qo‘llab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, Yoshlar ittifoqining maqsad va vazifalari xususida batafsil ma’lumot berdi.

Shujouddin Shujo O‘zbekiston delegatsiyasiga Balx va Surxondaryo viloyatlarining yoshlar tashkilotlari bilan muntazam va o‘zaro hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish, afg‘onistonlik yoshlarning ham O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan uyushtiriladigan tadbirlarda ishtirokini yo‘lga qo‘yish takliflarini bildirdi.

Bundan tashqari, Mozori Sharif shahrida O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining etnik o‘zbeklar bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida yoshlarga o‘zbek tilini Skype orqali onlayn tarzda o‘rgatish, o‘zbek-afg‘on madaniy markazi ochilishi, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi qadimiy shaharlarga afg‘onistonlik yoshlarning sayohatlarini uyushtirish masalalari muhokama etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют