» » O‘zbekiston gilosi birinchi marta London bozorlarida sotilmoqda

O‘zbekiston gilosi birinchi marta London bozorlarida sotilmoqda


London rastalarida, xususan, shahardagi G‘arbiy xalqaro bozor (Western International Market)da O‘zbekiston—Britaniya savdo-iqtisodiy munosabatlari tarixida ilk bor 25-may kuni O‘zbekistonning Namangan viloyatida yetishtirilgan yangi giloslar paydo bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Dunyo” agentligi.

Western International Market jahonning turli burchaklaridan yetkazib berilgan yangi meva-sabzavot mahsulotlarini sotish bilan shug‘ullanuvchi Londondagi eng yirik ulgurji bozorlardan biridir. O‘zbekiston gilosini Britaniyaga import qilgan AKS Services Group kompaniyasi bosh direktori Vois Kais ushbu kunni tarixiy deb atadi.

“Bugun — tarixiy kun. Tarixda ilk bor o‘zbek gilosi Britaniya bozoriga yetkazib berildi. O‘zbekiston ajoyib mamlakat va bir necha oy avval biz O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlarini Buyuk Britaniyaga eksport qilish bo‘yicha ish boshlashga qaror qildik. Men O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida, xususan, Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida va Namangan viloyatida bo‘ldim”, — deydi Kais.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AKS Services Group kompaniyasi tahlillar o‘tkazgan, import uchun Britaniya tarafi talabi bo‘yicha sertifikatlashtirish va standartlashtirish, sanitar va fitosanitar nazorat bo‘yicha barcha jarayonlardan o‘tgan. Barcha testlar a’lo ta’m sifatini va mahsulot kalibrovka, saralash va qadoqlash bo‘yicha talablarga muvofiqligini ko‘rsatgan.

“Mahsulotning birinchi partiyasi sinov tariqasida yetkazib berilgan edi, endi bizning rejalarimiz katta. Hajmni oshirib, O‘zbekistondan olib kelinadigan meva-sabzavot mahsulotlari turini ko‘paytirmoqchimiz. Anor, piyoz, bodring va turli quruq mevalarni eksport qilish bo‘yicha rejalar bor”, — dedi Kais. AKS Services Group’ning texnik direktori Karim Merchand ham o‘tkazilgan barcha laboratoriya testlari mahsulot sifati yuqoriligini tasdiqlagan.

Kompaniya vakillari bergan ma’lumotga ko‘ra, yaqin vaqt ichida Buyuk Britaniyaga mavsumiy meva va sabzavotlar — Qashqadaryo va Toshkent viloyatlaridan piyoz, bodring, anor, xurmo, shuningdek, quruq mevalarning har xil turlarini import qilish ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют