» » Habib Nurmagomedov Humo Arena’da jang uyushtirishni taklif qildi

Habib Nurmagomedov Humo Arena’da jang uyushtirishni taklif qildi


UFC jangchisi Habib Nurmagomedov yangi ochilgan sport majmuasiga tashrif buyurdi. Bu haqda rossiyalik o‘zining Instagram’dagi sahifasida xabar berdi.

UFC chempioni O‘zbekistonda barpo etilgan yangi sport majmuasining suratlarini ijtimoy tarmoqqa joylashtirdi. Shuningdek, Humo Arena’da aralash kurash qoidalari bo‘yicha jang uyushtirishni taklif qildi.

Habib sport majmuasi ichiga kirib, undagi yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi va tasvirga oldi. Shu bilan Nurmagomedovning O‘zbekistonga tashrifi nihoyasiga yetdi va u taklif uchun barchaga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Jangchi tez orada yana uchrashishga umid bog‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Nurmagomedov 26-may kuni O‘zbekistonga tashrif buyurgandi. Nurmagomedov Instagram’dagi sahifasiga O‘zbekiston Prezidenti kuyovlari Oybek Tursunov va Otabek Umarov bilan birga tushgan suratini joylagandi va ushbu suratga: “Mehmondo‘stlik uchun katta rahmat, Oybek Tursunov va Otabek Umarov. Toshkent salqin, lekin hechqisi yo‘q iftorda issiqqina Samarqand palovi yeb isinib olamiz”,— deya izoh qoldirgandi.

Bundan tashqari O‘zbekiston triatlon federatsiyasi raisi bo‘lgan Otabek Umarov taniqli jangchi bilan birga mashg‘ulot o‘tkazgani haqida xabar berilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют