» » Italiyaning Yevrokuboklarda ishtirok etuvchi barcha klublari ma’lum bo‘ldi

Italiyaning Yevrokuboklarda ishtirok etuvchi barcha klublari ma’lum bo‘ldi


Italiya A Seriyasida so‘nggi tur o‘yinlari o‘z nihoyasiga yetdi va kelasi mavsum Yevrokuboklarda ishtirok etuvchi klublar ma’lum bo‘ldi.

Yevropa Chempionlar Ligasida mamlakat chempionatida kuchli to‘rtlikdan joy olgan “Yuventus”, “Napoli”, “Atalanta” hamda “Inter” klublari ishtirok etadigan bo‘ldi.

Bergamo klubi “Atalanta” 38-turda o‘z maydonida “Sassuolo”ni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, “Inter” “Empoli” bilan kechgan bahsda Mauro Ikardining penaltidan urgan goli evaziga g‘alabani ilib ketdi (2:1).

Yevropa Ligasida esa mamlakat kubogini qo‘lga kiritgan “Latsio” bilan bir qatorda, chempionatda 5 hamda 6-o‘rinlarni egallagan “Milan” va “Roma” klublari ishtirok etadi. “Rossonerilar” A Seriya oxirgi turida SPALdan ustun kelgan bo‘lsa (3:2), rimliklar “Parma”ni yutgandi (2:1).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют