» » Odessa markazidagi koloniyada mahbuslar isyon ko‘tardi (video)

Odessa markazidagi koloniyada mahbuslar isyon ko‘tardi (video)


Odessa markazida joylashgan 51-sonli koloniyada mahbuslar isyon ko‘tardi, deb yozadi Sputnik.

Xabarda aytilishicha, yuzdan ortiq mahbus koloniya ichida kirishni to‘sib qo‘ydi hamda 6 nafar tibbiy ishchi va qo‘riqchilarni garovga oldi.

Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, 15 nafar mahbus qochib ketgan. Ta’kidlanishicha, mahbuslar koloniyaga o‘t qo‘yib, ma’muriy binoni bosib olishga harakat qilgan.

Isyonning sababi mahbuslar uchun qoniqarsiz shart-sharoit va “sifatsiz ovqatlanish” deb aytilmoqda.

Isyon oqibatida 3 nafar mahbus va ikki nafar qo‘riqchi jarohat olgani haqida xabar berilmoqda. Qamoqxona yaqiniga qo‘shimcha politsiya va Milliy gvardiya qo‘shinlari olib kelindi. Hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Videoda politsiya xodimlarining voqea joyida harakatlari aks etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют