» » Qashqadaryoda 2019-yilning dastlabki 4 oyida 210 ta yong‘in yuz berdi. Oqibatda 1 fuqaro vafot etdi

Qashqadaryoda 2019-yilning dastlabki 4 oyida 210 ta yong‘in yuz berdi. Oqibatda 1 fuqaro vafot etdi


Qashqadaryo viloyatida 2019-yilning o‘tgan 4 oyi mobaynida 210 ta yong‘in kelib chiqqan bo‘lsa, oqibatda 15 nafar fuqaroning tan jarohati olishi va 1 nafar fuqaroning o‘lim holati bilan yakunlangan. Bu haqda “Daryo”ga viloyat FVB, Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, sodir bo‘lgan yong‘inlarning 12 tasi ko‘cha-ko‘ydagi, yo‘l yoqasidagi xas-xashaklarning yonishi oqibatida kelib chiqqan.

Jumladan, 26-yanvar kuni kechki payt chamasi 21:10 larda Qarshi shahar, “G‘ofur G‘ulomov” mahallasi G‘uzor ko‘chasi yo‘l chetida qurigan xas-xashaklardan iborat 15 m.kv maydon yongan. Yong‘inning kelib chiqish sabablari o‘rganilganda, noma’lum shaxs tomonidan cho‘g‘i o‘chmagan tamaki mahsuloti qoldig‘ini tashlab ketishi natijasida sodir bo‘lgani aniqlangan. Xuddi shunday holatlar 16-mart kuni Koson tumani hududida, 17-mart kuni esa Nishon tumanida yo‘l yoqasida ham sodir bo‘lgan.

Qolgan 9 holatdagi yong‘in esa fuqarolarning o‘chmay qolgan cho‘g‘ni chiqindi uyumlari ustiga to‘kishi oqibatida kelib chiqqan.

Matbuot xizmati xabariga o‘kra, avtomobil va temir yo‘llari yaqinidagi g‘alla maydonlari yoqalaridagi qurigan xas-xashaklarning yonishi va g‘alla ekin maydonlariga tarqalishi xavfini oldini olish maqsadida shu kunga qadar yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan 216 ta korxona-tashkilot, 10 192 aholi turar joylari, 49 ta qabriston, 42 km avtomobil serqatnov yo‘l chetlari, 10,7 km temir yo‘l chetlari, 9 km yuqori kuchlanishli elektr havo liniyalari va 439 ta boshqa joylardagi xas-xashaklar tozalangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют