» » Xakerlar yuzlab tomoshabinlar ko‘z o‘ngida Microsoft va Apple operatsion tizimlarini buza oldi

Xakerlar yuzlab tomoshabinlar ko‘z o‘ngida Microsoft va Apple operatsion tizimlarini buza oldi


Kanadaning Vankuver shahrida an’anaviy Pwn2Own 2017 xakerlar musobaqasida axborot xavfsizligi sohasidagi tadqiqotchilar jamoasi yuzlab tomoshabinlar ko‘z o‘ngida Microsoft Windows va Apple MacOS operatsion tizimlariga buzib kirdi, deb yozadi TechWorm.

Sinovlarning birinchi kunida Qihoo360 jamoasi yadrodagi kamchilik orqali MacOS’ga buzib kirib, maxfiy axborotni qo‘lga kiritdi. Buning uchun mutaxassislarga bir million dollarlik jami mukofot jamg‘armasidan 10 ming dollar berildi. Xuddi shuncha mablag‘ MacOS’ga boshqa zaiflik yordamida buzib kira olgan Chaitin Security Lab jamoasiga topshirildi.

Windows operatsion tizimiga 360 Security va Team Sniper jamoalari mutaxassislari buzib kira oldi. Jamoalarning har biri 15 ming dollardan ishlab oldi.

55 ming dollarlik mukofot evaziga Team Sniper va Sword Team tadqiqotchilari Microsoft Edge brauzeriga buzib kirdi, Chaitin Security jamoasi esa Mozilla Firefox’dagi zaiflikni topdi. 360 Security Safari’ga buzib kirgani uchun 35 ming dollar bilan mukofotlandi.

Опубликовано: admin (20-03-2017, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют