» » Buyuk Britaniyada to‘fon qadimiy o‘rmonni yer yuziga chiqardi (foto)

Buyuk Britaniyada to‘fon qadimiy o‘rmonni yer yuziga chiqardi (foto)


Buyuk Britaniyada to‘rt yarim ming yildan buyon qum va suv ostida qolib kelgan qadimiy o‘rmon Uelsga yopirilgan to‘fon sababli yer yuzasiga chiqib qoldi, deb xabar beradi Forum Daily.

Kuchli shamol natijasida dengiz chekingan va daraxtlarga chirmashib olgan torflarni uloqtirib tashlagan.

Toshga aylangan daraxtlarni Keredigion grafligidagi Bort va Inislas qishloqlari orasida kuzatish mumkin.

XVII asrdagi qo‘lyozmalarda suv ostida qolib ketgan sivilizatsiya haqida so‘z boradi.

Ta’kidlanishicha, bu yerlar qadimda unumdor va turli to‘g‘onlar bilan himoyalangan joy bo‘lgan. Afsonalarga ko‘ra, hudud kuchli to‘fonlar vaqtida bir necha bor suv ostida qolgan.

Eramizning VI asrida 16 ta mahalliy qishloq suv ostida qolib ketishi oqibatida, ko‘plab odamlar halok bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют