» » Ruslan Nuriddinov Londondagi Olimpiada o‘yinlarida taqiqlangan modda qabul qilganlikda aybdor deb topildi

Ruslan Nuriddinov Londondagi Olimpiada o‘yinlarida taqiqlangan modda qabul qilganlikda aybdor deb topildi


O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Ruslan Nuriddinov 2012-yilgi London Olimpiadasi vaqtida taqiqlangan modda iste’mol qilganlikda aybdor dep topildi. Bu haqda Sport arbitraj sudining Dopingga qarshi kurash bo‘limi bayonotida ma’lum qilindi.

Qayd etish joiz, Nuriddinov 2018-yil dekabrida musobaqalardan chetlashtirilgani haqida xabar berilgandi. Xalqaro olimpiya qo‘mitasining Lozannadagi laboratoriyasida olib borilgan qayta tekshiruvlar natijasida o‘zbekistonlik atlet testidan taqiqlangan degidroxlormetiltestosteron moddasi topilgan.

Shu tariqa sportchi antidoping qoidalarini buzgan deb topildi. Natijada London Olimpiadasida 4-o‘rinni egallagan Ruslanning natijalari bekor qilindi.

Endi sportchining ishi bilan Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi shug‘ullanadi.

Qayd etish joiz, Nuriddinov bilan bir qatorda belaruslik Nikolay Novikov ham diskvalifikatsiyaga uchradi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют