» » Neymar Braziliya terma jamoasi sardorlik bog‘ichidan mahrum etildi

Neymar Braziliya terma jamoasi sardorlik bog‘ichidan mahrum etildi


Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar Qatar hamda Honduras termalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida va Amerika Kubogida terma jamoa sardori sifatida maydonga tushmaydigan bo‘ldi. Bu haqda mamlakat futbol konfederatsiyasining rasmiy saytida xabar berildi.

Bu borada bosh murabbiy Tite Neymarga 25-may kuni ma’lum qildi. Sardorlik bog‘ichi Dani Alvesga o‘tdi.

Alves Amerika Kubogiga chaqirilgan terma jamoa safidagi futbolchilarga nisbatan ko‘proq o‘yin o‘tkazgan — 138 marta. So‘nggi bor u o‘tgan yilning mart oyida Germaniyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida Braziliya termasini sardor sifatida maydonga olib tushgandi.

Eslatib o‘tamiz, Amerika Kubogi 14-iyundan 7-iyulga qadar bo‘lib o‘tadi va unga Braziliya mezbonlik qiladi. Braziliya “A” guruhida Boliviya, Venesuela va Peru termalari bilan bahs olib boradi.

Ma’lumot uchun, Amerika Kubogini qo‘lga kiritish bo‘yicha rekord ko‘rsatkich Urugvay terma jamoasiga tegishli. Urugvay ushbu musobaqada 15 marta g‘olib bo‘lgan. Eng yaqin ta’qibchilari esa Argentina (14) hamda Braziliya (8) terma jamoalari hisoblanadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют