» » EVO’dan yagona trafik — xonadoningdagi internetni o‘zingiz bilan olib yuring!

EVO’dan yagona trafik — xonadoningdagi internetni o‘zingiz bilan olib yuring!


Xonadoningizda kompyuter yonida joylashgan, internetga ulanish imkonini beruvchi modemni tasavvur eting. Endi xonadoningizdagi internet trafigidan shaharning deyarli har qanday joyida foydalana olishingizni tasavvur eting.

EVO internet-provayderi “Yagona trafik” xizmatiga ulanishni soddalashtirmoqda va shu munosabat bilan kompaniyaning barcha abonentlari o‘z trafigidan bir vaqtning o‘zida ikki moslama orqali foydalanishi mumkin. Mazkur xizmat xonadoningizga ulangan internetdan samarali ravishda foydalanish hamda mobil operatorlarning internet-to‘plamlarini xarid qilish uchun ortiqcha mablag‘ sarflamaslik imkonini beradi. Boshqacha qilib aytganda, “Yagona trafik” xizmati xonadon va mobil internetining o‘ziga xos gibridi hisoblanib, ayni paytda O‘zbekistonda uning analoglari mavjud emas.

“Yagona trafik” orqali yana nimalarga ega bo‘lasiz?

EVO kompaniyasi cheksiz tungi internetga ega tarif rejalarini taklif etadi. Sizning qulayligingiz uchun biz tunni yanada yaqinlashtirdik! Bizda eng barvaqt tun U3-ST, U4-ST, U5-ST tarif rejalarida bo‘lib, u soat 18:00 dan boshlanadi. Ya’ni siz trafigingiz qoldig‘idan xavotirlanmagan holda, biryo‘la ikkita Internetga kirish nuqtasiga ega bo‘lasiz.

Aytaylik, tarif rejangiz tezligi 4 Mb/s ni tashkil etadi. “Yagona trafik” xizmatidan ikkita moslamangiz orqali foydalangan holda siz har bir moslamangizga 4 Mb/s tezlikka ega bo‘lasiz. Boshqacha qilib aytganda, siz bir tarif rejasiga ulanib, biryo‘la ikkita bir xil tarif rejasiga ega bo‘lasiz.

Abonentlar internetga ulanish vaqtida ularga biryo‘la ikkita modem: xonadoningizda o‘rnatiladigan asosiy modem hamda cho‘ntagingizga osonlikcha joylashadigan va sizga shaharning deyarli har qanday joyida takomillashtirilgan 4G internetini taqdim etuvchi MyFi portativ modemi beriladi.

Aksiya 2019-yilning 30-iyuniga qadar Toshkent, Farg‘ona, Samarqand, Qo‘qon, Andijon va Shahrixon shaharlarida amal qiladi. EVO’ning boshqa tarif rejalaridan foydalanuvchi barcha amaldagi abonentlari ham “Yagona trafik” tarif rejalariga o‘tish imkoniyatiga ega.

“Yagona trafik” xizmati va tarif rejalari narxlari haqida batafsil ma’lumotlarni evo.uz/shared yoki www.evo.uz sayti orqali olishingiz mumkin.

Murojaat uchun telefon: +998 71 148 00 00.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют