» » Toshkentda 22 yil avval ona-bolani pichoqlab, qimmatbaho buyumlarni qo‘lga kiritgan shaxslar ushlandi

Toshkentda 22 yil avval ona-bolani pichoqlab, qimmatbaho buyumlarni qo‘lga kiritgan shaxslar ushlandi


Bosh prokuraturaning O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi tomonidan fuqaro S.P.ning jasadi qotillik alomatlari bilan topilganligi va onasi A.P.ga nisbatan sodir etilgan qotillikka suiqasd qilish holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Aniqlanishicha, 1997-yil 9-fevralda soat taxminan 17.10 larda Uchtepa (sobiq A.Ikromov) tumani, Chilonzor 12-daha, 6a-uyda yashovchi 1962-yilda tug‘ilgan S.P.ning jasadi qotillik alomatlari bilan hamda uning onasi, 1926-yilda tug‘ilgan A.P.ning sanchuvchi-kesuvchi jism yordamida yetkazilgan tan jarohatlari bilan topilgan.

Mazkur jinoyat ishi yuzasidan Bosh prokuraturaning O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi tomonidan tergov-tezkor guruhi tuzilib, amalga oshirilgan keng qamrovli tadbirlar natijasida jinoyat fosh etildi.

Tergovda aniqlanishicha, M.I. va A.T. o‘zaro jinoiy til biriktirib, o‘zganing mulkini bosqinchilik yo‘li bilan talon-toroj qilish maqsadida S.P. va A.P.ga pichoq bilan tan jarohatlari yetkazib, xonadonda mavjud bo‘lgan qimmatbaho buyumlarni qo‘lga kiritgan.

M.I. va A.T.ning sodir etgan jinoyatlari ularning iqrorlik ko‘rsatuvlari, jinoyat sodir etilgan joyda aniqlangan barmoq izlari, tanib olish uchun ko‘rsatish, ko‘rsatmalarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish va yuzlashtirish tergov harakatlari hamda boshqa dalillar majmui bilan to‘liq o‘z isbotini topgan.

2019-yil 27-mayda M.I. va A.T. Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a”, “v”, “j”, “i”,“p” bandlari bilan gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, tegishli protsessual tartibda ushlangan.

Jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari Bosh prokuraturaning O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi tomonidan olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2019, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют