» » Lola Karimova-Tillayeva Bokuda oltin medalni qo‘lga kiritgan Oksana Chusovitinani tabrikladi

Lola Karimova-Tillayeva Bokuda oltin medalni qo‘lga kiritgan Oksana Chusovitinani tabrikladi


O‘zbekistonlik gimnastikachi Oksana Chusovitina 16–19-mart kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida o‘tkazilgan FIG seriyasiga kiruvchi Jahon kubogida ishtirok etib, tayanib sakrash bahslarida oltin medalni qo‘lga kiritgani haqida xabar berilgandi.

O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi prezidenti Lola Karimova-Tillayeva 41 yoshli afsonaviy sportchining navbatdagi muvaffaqiyati munosabati bilan uni Instagram’dagi sahifasi orqali tabrikladi.

Vatandoshimiz Oksana Chusovitina Boku shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha o‘tkazilgan Jahon kubogi bosqichining final musobaqalarida tayanib sakrash bo‘yicha oltin medalga sazovor bo‘ldi. Oksanani ushbu g‘alaba bilan chin qalbdan qutlaymiz va kelgusida ham unga yangi yuksak marralarni zabt etishini tilab qolamiz!

Lola Karimova-Tillayeva, O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi prezidenti

Mavzuga doir: Oksana Chusovitina ketma-ket 7 Olimpiadada ishtirok etgan gimnastikachi ayol sifatida Ginnesning rekordlari kitobiga rasman kiritildi

Ma’lumot uchun, 2017-yil hisobidan Oksana Chusovitina AQShning Xyuston shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro turnirda 2 ta oltin va 2 ta bronza medali, Kanadadagi musobaqada esa kumush medaliga ega chiqqan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-03-2017, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют