» » Shavkat Mirziyoyev va Frank-Valter Shtaynmayer muzokaralar o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev va Frank-Valter Shtaynmayer muzokaralar o‘tkazdi


Shavkat Mirziyoyev va Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer tor doirada va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Davlat rahbari uchrashuv avvalida Germaniya prezidenti va xalqini GFR tashkil topgani hamda konstitutsiyasi qabul qilinganining 70 yilligi munosabati bilan tabrikladi.

Frank-Valter Shtaynmayer Shavkat Mirziyoyevga O‘zbekistonga tashrif bilan kelish taklifi va ko‘rsatilayotgan samimiy mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi.

Muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari batafsil muhokama qilindi. Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik muammolar ko‘rib chiqildi.

Muloqotda tomonlar xalqaro tashkilotlar doirasida bir-birini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini bildirdi. O‘zbekiston — Yevropa Ittifoqi formati doirasidagi aloqalarni rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi.

Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish, xavfsizlik sohasida hamkorlikni mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi. Prezidentlar Afg‘onistonda ijtimoiy-iqtisodiy, investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston—Germaniya maslahatlashuvlari mexanizmining yo‘lga qo‘yilishini ma’qulladi.

Muzokaralarda O‘zbekiston va Germaniyaning keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirishga intilishi, barcha masalalar bo‘yicha qarashlari o‘xshash va yaqinligi yana bir bor o‘z tasdig‘ini topdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют