» » Yer yuzidagi eng sog‘lom odamlar qanday ovqatlanishi aniqlandi

Yer yuzidagi eng sog‘lom odamlar qanday ovqatlanishi aniqlandi


Amerikalik olimlar guruhi, mutaxassislar fikricha, eng sog‘lom yurakka ega kishilar — Boliviyaning Tsimane qabilasi vakillari nima bilan oziqlanishini aniqladi, deb yozadi Gizmodo.

Tadqiqotda 705 nafar boliviyalik qatnashdi. Olimlar yurak tomirlarining kalsiy indeksi (CAC)ni aniqladi, ushbu ko‘rsatkich orqali yurak ishemiya kasalliklari riskini baholash mumkin. 100—400 ga teng indeks yurak tomirlari funksiyalarining oson buzilishi ehtimoli yuqori ekanligini ko‘rsatadi.

Tadqiqot ishtirokchilarining 85 foizida ushbu ko‘rsatkich birdan yuzgacha bo‘lgan chegarada ekanligi aniqlandi. Shu bilan birga, 75 yoshga to‘lganlarning 65 foizida CAC nolga teng bo‘lib chiqdi. Olimlar fikricha, yurak-tomir kasalliklariga chalinishning bunday past riski qabila odamlari olib boradigan sog‘lom hayot tarzi bilan bog‘liq. Ular chekmaydi va alkogol qabul qilmaydi, bir kunda esa 15—17 mingtadan qadam bosadi.

Bundan tashqari, CAC darajasi past bo‘lishiga boliviyaliklarning ratsioni ham ta’sir o‘tkazadi. Uning katta qismini guruch, makkajo‘xori, maniok ildizi va plantan sabzavot bananlari tashkil qiladi. Shuningdek, ular ko‘p yong‘oq yeydi. Umuman olganda, kaloriyaning 72 foizi organizmga uglevodlar bilan birga kiradi, 14 foizi esa — yog‘lar bilan. Qolgan ulush oqsillar hissasiga to‘g‘ri keladi, ammo qabiladagilar G‘arb mamlakatlari aholisidan ko‘proq yog‘siz go‘sht yeydi.

Опубликовано: admin (20-03-2017, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют