» » “Vaqf” fondi: Fond rahbari vaqf mulki sifatida berilgan uyda yashayotgani haqidagi uydirmalar bilan fitna qo‘zg‘atilmoqda

“Vaqf” fondi: Fond rahbari vaqf mulki sifatida berilgan uyda yashayotgani haqidagi uydirmalar bilan fitna qo‘zg‘atilmoqda


27-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Vaqf” fondi haqida asossiz gaplar tarqaldi. Ularda vaqf mulklari sifatida o‘tkazib berilgan xonadonlarda Fond rahbari yashayotgani iddao qilingan. Bu haqda fond matbuot xizmati ma’lum qildi.

Facebook ijtimoiy tarmog‘ida “Saidqosim Buxoriy” nomli blogger o‘zining profilida “Majbur bo‘lyapman do‘stlarim. (Ramazon oyi Alloh o‘zi kechirsin)” sarlavhali yozuvlarni e’lon qilindi. Go‘yo vaqf mulki sifatida ajratilgan xonadonda Fond rahbarining o‘zi yashayotgan emish.

Quyida fond matbuot xizmati asl voqelik qanday bo‘lganini bayon qiladi.

Birinchidan, shu yilning 18-mart kuni poytaxtning Shayxontohur tumani “Oqlon” mahallasidagi sakkizta xonadonda kuchli yong‘in bo‘lib, uylarning hammasi barcha jihozlari bilan yonib ketgan edi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan ushbu xonadonlarga imom-xatiblar o‘sha zahotiyoq yordam ko‘rsatdi. Shu kunlarda ham yong‘in bo‘lgan xonadonlarni qayta qurish ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu xonadon ahllaridan birlari: “Eng achinarlisi, men uchun bebaho boylik bo‘lgan ko‘plab kitoblarim ham yong‘inda yonib ketdi. Ularning aksariyati diniy kitoblar edi”, deya afsus bilan so‘zlab bergan edi.

Shuning uchun O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan sakkizta xonadonning har biriga Qur’oni karim va o‘ndan ortiq, jami yuzga yaqin diniy-ma’rifiy kitoblar topshirildi hamda bir necha yuz million so‘mlik qurilish materiallar xayriya qilindi.

Ikkinchidan, “Saidqosim Buxoriy” Fond rahbari vaqf mulki sifatida berilgan uyda yashayotganini o‘z ko‘zi bilan ko‘rganini iddao qilgan. Vaholanki, Fond rahbari biror marta ham ushbu xonadonga bormagan, ushbu xonadon Fond mas’ul xodimlari tomonidan vaqf mulki sifatida tasarruf etilmoqda. “Saidqosim Buxoriy” aytganidek, uyi yonib ketgan yoki uysizlarga berib bo‘lmaydi. Chunki vaqf mulki hadya etiladigan narsa emas. U bir umr vaqf tasarrufida qoladigan mulk.

Uchinchidan, “Saidqosim Buxoriy” Fondda mehnat qilayotgan mutaxassis Shayx Muhammad ismli xodim bilan gaplashganini yozgan. Shayx Muhammadning o‘zi bunday inson bilan mutlaqo gaplashmaganini ta’kidladi. Demak, “Saidqosim Buxoriy”ning bu gapi ham yolg‘on.

To‘rtinchidan, blogger xolis bo‘lganida edi, Fond tomonidan Toshkent shahrida bir nechta va viloyatlarda o‘nlab fuqarolarga uy-joy qurib berilganini e’tirof etar edi. Shuningdek, sel yuvib ketgan Qashqadaryo viloyatidagi xonadonlarga yordam berilganini bilar edi. Demakki, “Saidqosim Buxoriy” ushbu mavzuda ham noxolisdir.

Bayon etilganlardan ma’lum bo‘ladiki, “Saidqosim Buxoriy”ning xatti-harakatlari “Vaqf” fondi haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lmay turib, tuhmat va bo‘hton qilib, fitna qo‘zg‘ashdan boshqa narsa emas.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют