» » Niderlandiya terma jamoasining Millatlar Ligasi final bosqichi uchun tarkibi e’lon qilindi

Niderlandiya terma jamoasining Millatlar Ligasi final bosqichi uchun tarkibi e’lon qilindi


Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman Millatlar Ligasining final bosqichida ishtirok etuvchi tarkibni ma’lum qildi. Bu haqda terma jamoaning rasmiy saytida xabar berildi.

Ma’lumot uchun, Millatlar Ligasining yarim finalida Niderlandiya termasi 6-iyun kuni Angliyaga qarshi to‘qnash keladi. Musobaqaning hal qiluvchi o‘yini hamda uchinchi o‘rin uchun uchrashuv esa 9-iyun sanasiga belgilangan.

Darvozabonlar: Marko Bizot (AZ), Kennet Vermeyer (“Feyenoord”), Yasper Sillessen (“Barselona”)

Himoyachilar: Natan Ake (“Bornmut”), Patrik van Anxolt (“Kristal Pelas”), Deyli Blind, Matteys de Ligt (ikkalasi ham — “Ayaks”), Stefan de Vrey (“Inter”), Virjil van Deyk (“Liverpul”), Denzel Dumfris (PSV), Hans Hatebur (“Atalanta”)

Yarim himoyachilar: Donni van de Bek, Frenki de Yong (ikkalasi ham — “Ayaks”), Kevin Strotman (“Marsel”), Toni Vilyena (“Feyenoord”), Jorjinyo Veynaldum (“Liverpul”), Devi Propper (“Brayton”)

Hujumchilar: Lyuk de Yong (PSV), Rayan Babel (“Fulhem”), Memfis Depay (“Lion”), Kuinsi Promes (“Sevilya”), Steven Bergveyn (PSV)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют