» » Peterburgda o‘zbekistonlik qalloblardan qutulish uchun derazadan sakradi

Peterburgda o‘zbekistonlik qalloblardan qutulish uchun derazadan sakradi


Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida O‘zbekiston fuqarosini o‘g‘irlab, uni ozod qilish evaziga rafiqasidan 2 ming dollar talab qilgan uch nafar jinoyatchi qo‘lga olindi. Bu haqda “Nevskiye novosti” huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlariga tayangan holda xabar berdi, deb yozadi Sputnik.

Ma’lum qilinishicha, jinoyatchilar o‘zbekistonlikni kuch bilan mashinaga mindirgan. Ular jabrlanuvchini qo‘l-oyog‘ini bog‘lab kaltaklagan. So‘ngra uning Turkiyada bo‘lgan rafiqasiga qo‘ng‘iroq qilib, erini ozod qilish evaziga katta miqdorda pul talab qilgan.

Talab qilingan pulni berishdan bosh tortgandan so‘ng erkakni Leningrad viloyatidagi o‘rmonga olib borishgan. U yerda ham kaltaklab, pul topib berishini talab qilishgan. Shundan so‘ng asirdan kvartira kalitini tortib olib, uning uyiga kirishgan. Jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan ikkita telefon va besh ming rublni qo‘lga kiritishgan.

So‘ngra o‘zbekistonlikni boshqa kvartiraga olib kelib, erkak derazadan sakrab qochib ketmaguniga qadar ushlab turishadi.

Hozirda jabrlanuvchi bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, chap tovon suyagining ezilib sinishi va o‘ng tovon suyagining yopiq sinishi tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Mazkur hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют