» » O‘zbekistonda Ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi

O‘zbekistonda Ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi


27-may kuni Hukumatning 434-sonli qarori bilan Ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram kanali xabar berdi.

Konsepsiyaning maqsadi yosh avlodda ekologik bilim, ong va madaniyatni shakllantirish, ekologiya sohasidagi ilm-fanni innovatsion texnologiyalarni jalb qilgan holda takomillashtirishdan iborat.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida “Ekolog bolajon” dasturi joriy etiladi va “Ekologik yo‘lakchalar” tashkil etiladi.

Shuningdek, “Ona tabiat” mavzusida ochiq havoda tanishtiruv soatlari o‘tkaziladi.

Maktablarda “Eng yaxshi ekologik toza maktab”, “Eng yaxshi ekolog o‘quvchi” ko‘rik-tanlovlari o‘tkaziladi.

Litseylar va kollejlar o‘quvchilari o‘rtasida “Ekologiya bilimdoni” musobaqasi tashkil etiladi.

Oliy ta’lim muassasalari, talabalar turar joylarida “Eko-klublar” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

2019-yil dekabrgacha ekologiya va atrof-muhit muhofazasiga oid zarur materiallar va boshqa ma’lumotlar berishga mo‘ljallangan “ekologiya.uz” sayti ishga tushiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют