» » Indoneziya kompaniyasi Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qiladi

Indoneziya kompaniyasi Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qiladi


Bu Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 25-maydagi “‘Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi’ MChJning ustav kapitalidagi davlat ulushini sotish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 431-son qarori bilan belgilangan. Bu haqda Norma xabar berdi.

Hujjat 10-apreldagi PQ–4275-son qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan bo‘lib, u bilan “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ (FNQIZ) ustav kapitalidagi davlat ulushini RT Trans Asia Resources kompaniyasi (Indoneziya) yoki uning 100 foiz ulushli sho‘ba kompaniyasiga (investor) sotishning asosiy shartlari tasdiqlangan.

Ishchi guruh tashkil qilinadi, u quyidagilarni ta’minlaydi:

FNQIZning ustav kapitalidagi davlat ulushining bozor qiymati mustaqil xalqaro baholash kompaniyasi tomonidan xalqaro baholash standartlariga muvofiq baholanadi (uning muddati 3 oydan oshmasligi lozim) va uning asosida tomonlarning muzokara pozitsiyalari shakllantiriladi.

“O‘zbekneftgaz” AJ tayyor mahsulot, xom ashyo, tarkibiy qismlarni sotishdan olingan daromadlar hamda FNQIZning debitorlik qarzlarini undirishdan tushgan mablag‘lar hisobidan FNQIZ majburiyatlari qoplanishini ta’minlaydi.

Investor ustav kapitalidagi davlat ulushini sotib olgandan keyin FNQIZdan birinchi yil foydalanish davomida quvvatlarni optimal yuklash uchun kamida 120 million dollar miqdorida zavodning oborot kapitali uchun mablag‘larni jalb etadi hamda Yevro-4 va Yevro-5 talablariga javob beradigan avtobenzin va dizel yoqilg‘isi, II va III guruhlardagi API standarti bo‘yicha yog‘lash uchun ishlatiladigan moylarni ishlab chiqarish bo‘yicha FNQIZni modernizatsiya qilish dasturini ishlab chiqadi.

FNQIZga egalik qilish huquqi investorga o‘tganidan keyin zavod narx belgilash usullari, shu jumladan o‘z mahsulotini sotish narxini bozor sharoitlaridan kelib chiqib, mahalliy va xalqaro bozorlarni hisobga olib, boshqa vositachilar ishtirokida o‘zi ishlab chiqaradigan mahsulotni sotish bo‘yicha hech qanday talablarsiz, O‘zbekiston monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga majburiy tartibda rioya etgan holda mustaqil ravishda belgilaydi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27-maydan kuchga kirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют