» » Yulduz Usmonova va Shabnami Surayyo dueti, avtomobil chiroqlarini kunduzi yoqib yurish boyicha avjiga chiqqan noroziliklar, Ozbekistonda chiqariladigan Volkswagen mashinalari va kunning boshqa xabarlari

Yulduz Usmonova va Shabnami Surayyo dueti, avtomobil chiroqlarini kunduzi yoqib yurish boyicha avjiga chiqqan noroziliklar, Ozbekistonda chiqariladigan Volkswagen mashinalari va kunning boshqa xabarlari


28-mayning etiborga molik yangiliklari Daryo dayjestida.

Yulduz Usmonova va Shabnami Surayyo birgalikda duet ijro etdi.

Ozbek estradasi qirolichasi va primadonnasi, hurmatli @yulduzibragimovnausmonova bilan uzoq kutilgan duet. Bunday ajoyib ijodkor shaxs bilan qoshiq kuylash men uchun sharaf, deya yozgan Shabnami Surayyo Instagramda.

***

Ozbekistonda hukumat qarori bilan kunning yorug vaqtida ham avtomototransport vositalari chiroqlarni yoqib harakatlanishi shart etib belgilangani aholi tomonidan norozilik va bahs-munozaralarga sabab boldi.

Ayni mavzu yuzasidan OzA muxbirlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Jamshid Pirmatov va IIV YHXBB matbuot xizmati rahbari Akmal Yunusov bilansuhbatlashdi.

Adliya vazirligi esadeputatlar tomonidan 2016-yilda hukumat kiritgan, deb tilga olinayotgan qonun loyihasi aslida hukumat tomonidan emas, balki bevosita Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan tashabbus sifatida parlamentga kiritilganini aytmoqda.

***

Ozbekistonda Volkswagen avtomobillari ishlab chiqariladi.

Ozbekiston va Germaniya Prezidentlarining muzokaralari yakunida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi boldi.

Axborot almashish va uni himoya qilish, parnik gazlari chiqarilishini kamaytirish va iqlim ozgarishlariga moslashish, Volkswagen kompaniyasi bilan hamkorlikda tijorat avtomobillari ishlab chiqarish togrisida va boshqa hujjatlar imzolandi.

***

Ruslan Nuriddinov Londondagi Olimpiada oyinlarida taqiqlangan modda qabul qilganlikda aybdor deb topildi.

Xalqaro olimpiya qomitasining Lozannadagi laboratoriyasida olib borilgan qayta tekshiruvlar natijasida ozbekistonlik atlet testidan taqiqlangan degidroxlormetiltestosteron moddasi topilgan.

***

AQSh HDK uchuvchilari NUJ bilan uchrashuvlar haqida sozlab berdi. Nomalum jismlar samolyotlarning radarlari almashtirilgach korina boshlangan.

Nomalum jismlar Virjiniyada joylashgan VFA-11 eskadrilyasi uchuvchilari tomonidan qayd etilgan. Bu 20142015-yillarda, ular Fors korfaziga jonab ketish oldidan oquv parvozlarini amalga oshirgan vaqtda yuz bergan.



Manba: Daryo.uz
: admin (28-05-2019, 23:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 2) ( 2)
:
-
:
20 ... -