» » Turkiya axborot agentligi Ramazon ne’mati — nisholda haqida ma’lumot berdi

Turkiya axborot agentligi Ramazon ne’mati — nisholda haqida ma’lumot berdi


Turkiyaning Anadolu axborot agentligi O‘zbekistonda Ramazon oylarida tayyorlanib, dasturxonga tortiladigan foydali ne’mat — nisholda haqida o‘z o‘quvchilariga gapirib berdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “Xalq so‘zi”.

“Barcha uchun sevimli bo‘lgan shirinlikni tayyorlash ro‘za kirishidan ancha oldin boshlanadi. Nisholda shirin kremni eslatadi. Uni odatda erkaklar tayyorlaydi. Bu san’at otadan o‘g‘ilga meros bo‘lib o‘tadi. Ovqat hazm bo‘lishiga yaxshi ta’sir qiladigan mazkur desert O‘zbekistonning barcha bozorlarida sotiladi. Shirinlik O‘zbekistondagi minglab oilalar iftorlik dasturxonining ajralmas qismiga aylangan”, — deb yozadi Turkiyaning yetakchi axborot agentligi muxbiri.

“Bosfor yangiliklari” turk gazetasi esa asrlardan asrlarga bezavol o‘tib kelayotgan qadriyatlar timsollaridan biri o‘zbek noni haqida hikoya qiladi.

“O‘zbekistonda mehmonlarni hamisha palov va milliy o‘zbek noni bilan kutib olishadi. Biror tadbir nonsiz o‘tmaydi. Bu kundalik hayot, qadriyatlar, urf-odatlar, e’tiqod, milliy ertaklar va umuman o‘zbek xalqi tarixining ajralmas qismidir. Toshkentda har bir do‘kondan non sotib olish bilan birgalikda har bir mahallada tun-u kun ishlaydigan o‘z novvoyxonalari bor. O‘zbek nonini tayyorlash retsepti xuddi o‘zbek palovi kabi ko‘p bo‘lib, har bir mintaqa, viloyat o‘zining takrorlanmas ta’mi va iforiga ega”, — deya qayd etib o‘tadi nashr.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2019, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют