» » Fattoh Shodiyev Xovos City’da 50 ta uy qurilishiga homiylik qilmoqda

Fattoh Shodiyev Xovos City’da 50 ta uy qurilishiga homiylik qilmoqda


Sirdaryoda qurilayotgan Xovos City’dagi 50 ta ikki va uch xonali, ikki sotixli hovliga ega uylar qurilishi “Shodiyev Xalqaro fondining O‘zbekistondagi vakolatxonasi” tomonidan homiylik asosida moliyalashtirilmoqda.

“Xalq so‘zi Online”ning xabar berishicha, asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan milliarder Fattoh Shodiyev tomonidan tashkil etilgan mazkur vakolatxona delegatsiyasi shu yil 9-aprel kuni Guliston shahriga tashrif buyurgan edi.

Delegatsiya a’zolarining Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev bilan bo‘lgan uchrashuvida vakolatxona tomonidan “Obod qishloq” dasturi ijrosiga hissa qo‘shish maqsadida 40 milliard so‘m mablag‘ ajratishga qaror qilinganligi bildirilgandi. Shuningdek, ushbu mablag‘ning bir qismi Xovos City qurilishiga yo‘naltirilishi ham ma’lum qilingan.

Ma’lumot uchun, belgilangan loyihaga ko‘ra Xovos City’da yana 100 ta ana shunday turar joy qurilishi mo‘ljallangan. Shuningdek, jami 30 ta ko‘p qavatli binolar bunyod etish ishlari ham jadal davom etmoqda. Mazkur uylar bitgach 1000 ga yaqin oila zamonaviy xonadon sohiblari bo‘lishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2019, 03:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют