WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Birinchi Apple I kompyuteri 471 ming dollarga sotildi
Birinchi Apple I kompyuteri 471 ming dollarga sotildi
Birinchi Apple I kompyuteri auksionda 371 funt sterling (471 ming dollar)ga sotildi. “Korrespondent.net”ning yozishicha, uni Stiv Jobsning sherigi Stiv Voznyak shaxsan o‘zi yig‘gan.
Apple I seriyasi tarkibiga atigi 200 ta kompyuter kirgan. Odatda u klaviatura va yog‘och korpusdan iborat edi. Biroq xohishga ko‘ra, kompyuterni ko‘chma keysga olish mumkin bo‘lgan.
Auksionda sotilgan lot tarkibiga, shuningdek, monitor, matritsali printer va kompyuterning firma hujjatlari ham kirgan.
Apple I kompyuterlari 1976-yilda bozorga chiqqanda 666 dollarga sotilgan. Biroq, bugungi kunda, oradan 40 yil o‘tib qurilmani 705 baravar qimmatga sota olishdi.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!