» » Avstraliyada oltin bilan oziqlanuvchi zamburug‘lar aniqlandi

Avstraliyada oltin bilan oziqlanuvchi zamburug‘lar aniqlandi


Olimlar G‘arbiy Avstraliyaning yirik Boddinton koni atrofida noodatiy organizmlar — o‘z hayoti davomida oltin iste’mol qiluvchi zamburug‘larni uchratdi, deb yozadi TravelAsk. Tadqiqotchilar bunday bog‘liqlikdan hayron qoldi. Chunki oltin inert metall hisoblanib, tirik jonzotlar undan foydalanmaydi.

Aniqlanishicha, Fusarium oxysporum TA_pink1 nomli zamburug‘lar oltinsiz ham yashashi mumkin. Lekin bunda oltin eritmasini iste’mol qiluvchi zamburug‘larga nisbatan rivojlanishdan ortda qoladi.

Tadqiqot sifatida oltin mavjud bo‘lgan maxsus muhitda o‘stirilgan zamburug‘lar koloniyasi ikkinchi kuniyoq tez o‘sishni boshlagan, oltinsiz muhitdagilari esa shunday natijaga 9 kunda yetgan.

Ma’lum bo‘lishicha, zamburug‘lar vodorod pereoksidi yordamida eritmadan oltinni o‘zlashtirib oladi va o‘z to‘qimalarida to‘playdi. Bunday yo‘l bilan to‘yingan zamburug‘lar o‘ziga xos nurlanishga ega. Biroq bunday jarayonning biologik ahamiyati olimlar uchun hali ham jumboqligicha qolmoqda. Bundan chiqdi, zamburug‘lar oltinni o‘z ehtiyojlari uchun o‘zlashtirib olgan, lekin unga butunlay qaram emas va tarkibida oltin bo‘lgan eritmasiz ham yashayveradi.

Geologlar oltin iste’mol qiluvchi va o‘zlashtiruvchi bunday o‘ziga xos organizmlardan geolograzvedka ishlarida asqotishi mumkin, degan fikr kiritdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2019, 04:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют