» » AQShda Human Rights Watch tashkiloti asoschisi vafot etdi

AQShda Human Rights Watch tashkiloti asoschisi vafot etdi


Amerikalik noshir va Human Rights Watch tashkiloti asoschisi Robert Bernshteyn 96 yoshida AQShda vafot etdi. Bu haqda O‘zA marhumning oila a’zolari bergan ma’lumotga asoslanib xabar qiladi.

Robert Bernshteyn 1966—1990-yillar oralig‘ida Random House yirik noshirlik uyini boshqargan. 1970-yillarda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish bilan faol shug‘ullanadi. 1978-yilda ayni yo‘nalishda bir nechta guruhlar tashkil etadi. 1988-yilda ushbu guruhlar Human Rights Watch tashkilotiga birlashadi. Bernshteyn 1998-yilda Human Rights Watch rahbarligidan iste’foga chiqqan.

Nashrning yozishicha, Bernshteyn hayotining so‘nggi yillarida ta’lim berish va Xitoyda inson huquqlarini himoya qilish kampaniyasi bilan shug‘ullanib kelgan. 2011-yilda u Advancing Human Rights tashkilotiga asos

soladi.

Ma’lumot o‘rnida, Human Rights Watch nodavlat tashkiloti inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sohasida monitoring olib borish, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va boshqa umume’tirof etilgan hujjatlarda bayon qilingan inson huquqlariga doir xalqaro normalarga rioya etilishi to‘g‘risida hisobotlarni e’lon qilish bilan shug‘ullanadi. Kamsitishning oldini olish, inson huquqlariga rioya etilishini tekshirish va ular haqida e’lon qilish, bolalar, xotin-qizlar va boshqalarning huquqlarini himoya qilish Human Rights Watch faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2019, 07:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют