» » Frank-Valter Shtaynmayer Toshkentdagi Gyote institutida talabalar bilan uchrashdi

Frank-Valter Shtaynmayer Toshkentdagi Gyote institutida talabalar bilan uchrashdi


Germaniya Federativ Respublikasi prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer Toshkentdagi Gyote institutida bo‘ldi. Ushbu muassasa oldidagi maydonda bunyod etilgan Yohann Volfgang Gyote haykali va bog‘i ochilish marosimida qatnashdi, deb xabar beradi O‘zA.

Frank-Valter Shtaynmayer O‘zbekistonda Gyote siymosiga ehtirom ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yangi ruhda davom ettirishga, madaniy-ma’rifiy aloqalarning yanada mustahkamlanishiga xizmat qilishini ta’kidladi.

Oliy martabali mehmon Toshkentdagi Gyote instituti faoliyati bilan tanishdi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda Germaniya akademik almashuvlar xizmati, Konrad Adenauer va Fridrix Ebert nomidagi jamg‘armalarining vakolatxonalari, Nemis xalq universitetlari assotsiatsiyasining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha instituti kabi GFRning ko‘plab ilmiy-ma’rifiy tashkilotlari muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda.

Ayni paytda o‘zbekistonlik 700 dan ortiq talaba, ilmiy tadqiqotchi Germaniya oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayapti. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Samarqand iqtisodiyot va servis instituti huzuridagi akademik litseylar bitiruvchilarining 15 nafari Germaniya madaniyat va ta’lim vazirlari Doimiy konferensiyasining nemis tili diplomiga sazovor bo‘lgan.

Toshkentdagi Gyote institutining asosiy maqsadi nemis tilini o‘rgatish, xalqaro madaniy hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.

Germanshunoslar, talabalar, umuman, barcha qiziquvchilar institut o‘quv zalida nemis tilidagi kitoblarni mutolaa qilishi, Germaniya davriy va vaqtli matbuot nashrlari bilan tanishishi mumkin. Kimda nemis tilini o‘rganishga ishtiyoq paydo bo‘lsa, bu yerdagi kurslarda tahsil olish imkoniyati bor. Buning uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

Hozirgi institutning til o‘qitish markazlarida 4 mingdan ziyod fuqaro nemis tilini o‘rganmoqda.

Frank-Valter Shtaynmayer institutda til o‘rganayotgan yoshlar, madaniyat va san’at namoyondalari, ilmiy doiralar va keng jamoatchilik vakillari bilan suhbatlashdi.

Federal prezident Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tarjimoni Mukarram Karimova va Marg‘ilon shahridan nemis tili o‘qituvchisi Lidiya Osinani “Bundesverdienstkreuz” (“Germaniya Federativ Respublikasiga xizmat ko‘rsatgani uchun”) ordeni bilan mukofotladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют