» » Vladimir Putin: Rossiya va O‘zbekiston munosabatlari strategik sherikchilik darajasiga chiqdi

Vladimir Putin: Rossiya va O‘zbekiston munosabatlari strategik sherikchilik darajasiga chiqdi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi bilan tabrikladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Davlatlarimiz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan samimiy tabriklarimni qabul qiling. O‘tgan yillar davomida Rossiya—O‘zbekiston aloqalari strategik sherikchilik darajasiga chiqdi.

Vladimir Putin, Rossiya prezidenti

Putin mamlakatlar o‘rtasidagi faol siyosiy muloqot, shuningdek, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik, gumanitar va boshqa sohalar, mintaqa va xalqaro kun tartibidagi muammolarni hal etishdagi sermahsul hamkorlikni qayd etdi. 

Birgalikdagi harakatlarimiz bilan Rossiya va O‘zbekiston munosabatlari kelgusida yanada mustahkamlanishi, Markaziy Osiyoda tinchlik, xavfsizlik va barqarorlik ta’minlanishiga erishishimizga ishonchim komil.

Vladimir Putin, Rossiya prezidenti

Rossiya prezidenti Shavkat Mirziyoyevga mustahkam sog‘lik va muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston fuqarolariga esa baxt va omad tiladi. 

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev aprelda Rossiya Federatsiyasiga davlat tashrifini amalga oshiradi.

Опубликовано: admin (20-03-2017, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют