» » “Taxtlar o‘yini”dagi bosh rol ijrochisi stress sababli kasalxonaga yotdi

“Taxtlar o‘yini”dagi bosh rol ijrochisi stress sababli kasalxonaga yotdi


“Taxtlar o‘yini” serialida Jon Snou rolini ijro etgan aktyor Kit Xarrington shou finaliga chiqqanidan so‘ng reabilitatsiya shifoxonasiga yotdi. Bu haqda Page Six xabar berdi.

Bir qator manbalarning ta’kidlashicha, 32 yoshli artist serial tugagani “qattiq zarba bo‘lgani” sababli stress, qattiq charchash va spirtli ichimliklarga ruju qo‘yishga qarshi Prive-Swiss shifoxonasida davolanmoqda.

Xususan, Xarrington do‘stining aytishicha, aktyor “oxir-oqibat hammasi tugagan”ligini anglagan.

Shifokorlar unga psixologik treninglar, konitiv terapiyalar va meditatsiya tavsiya qilgan. Serialda “yovvoyilashgan” Igritt rolini o‘ynagan Xarringtonning rafiqasi Rouz Lesli turmush o‘rtog‘ining yonida. Shifoxonada bir oylik davolanish narxi 120 ming dollarni tashkill etadi.

Avvalroq HBO telekanali “Taxtlar o‘yini” serialini suratga olish jarayoni haqida hujjatli film namoyish etgandi. Muxlislar ijtimoiy tarmoqda shou yakuni aktyorlarga qanday ta’sir etgani ko‘rsatilgan videoparchalar joylagan. Foydalanuvchilardan biri ulashgan videoda ssenariy o‘qilayotganda Xarington boshini changallab, ko‘z yoshlarini arang tiyib turgani aks etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют