» » SSV: Propiska masalasi tez tibbiy yordam korsatish uchun tosiq bola olmaydi

SSV: Propiska masalasi tez tibbiy yordam korsatish uchun tosiq bola olmaydi


Sogliqni saqlash vazirligi ijtimoiy tarmoqlar orqali tez tibbiy yordam korsatishda propiska soralayotgani haqidagi chiqish va murojaatlarga munosabat bildirdi.

Malumki, tez tibbiy yordam xizmatining asosiy vazifasi fuqaroning hayotiga xavf tugdiradigan holatlarda birinchi tibbiy yordamni korsatishdir. Ushbu tibbiy yordam barcha holatlarda bemor Ozbekiston fuqarosimi yoki chet ellik mehmonmi, bundan qatiy nazar bepul korsatiladi. Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 40-moddasida ham Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega, deya qatiy belgilab qoyilgan.

Tez tibbiy yordam chaqiriqlarida chaqiriq manzilga yetib borganda, albatta, bemorning royxatga olingan manzili togrisidagi malumot soraladi. Bu mavjud meyoriy hujjatlarda belgilanganidek, chaqiriq qogozidagi royxatga olingan manzili grafasini toldirish uchun amalga oshiriladi.Chunki ertasi kuni har bir tez tibbiy yordam xizmatiga murojaat qilgan bemor togrisida aynan royhatda turgan manzili boyicha tegishli birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari, yani poliklinikalarga malumotlar yetkaziladi.

Bu esa tez tibbiy yordam xizmatiga murojaat qilgan bemorni keyinchalik poliklinikaning umumiy amaliyot shifokori va patronaj hamshirasi nazorati ostida bolishini ozaro integratsiyani taminlaydi. Tez tibbiy yordam xizmati bemorga faqat simptomatik, yani kasallikning belgilarini bartaraf qilishga qaratilgan muolajalarni bajarsa, poliklinikalar esa mana shu kasallikning qaytalanmasligiga qaratilgan davo choralarini amalga oshiradi.

Shuningdek, bemorning yashash manzili uning tegishli tartibga kora dislokatsiya asosida qaysi muassasaga gospitalizatsiya qilinishini belgilaydi. Maqsad barcha shifoxonalarda bemor orinlari cheklanganligi bois bemorlarni shifoxonalar boyicha bir xil taqsimlanish orqali ularni samarali davolanishini taminlashga erishish hisoblanadi, deydi Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasi bolim mudiri Nasiba Mahmudova.

Toshkent shahriga mehmon bolib kelganlar va muayyan joyda vaqtinchalik royhatda turuvchilarga Toshkent shahrida doimiy propiskasi bolgan Ozbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng tartibda tibbiy yordam korsatiladi. Bu masalada qonunchiligimiz insoniylikning shu darajada choqqisiga chiqqanki, hattoki propiska uyoqda tursin, shaxsning fuqaroligi ham tez tibbiy yordam korsatish jarayonida ahamiyatga ega emas. Fuqarolar sogligini saqlash togrisidagi Ozbekiston Respublikasi qonunining 29-moddasiga kora, eng kop tarqalgan kasalliklar, shikastlanish, zaharlanish va shoshilinch yordam talab etiladigan boshqa holatlarni davolash davlat sogliqni saqlash tizimi muassasalarida bepul va har qanday cheklovlarsiz korsatiladi. Hayoti yoki sogligi uchun xavfli holatda bolgan shaxsga shoshilinch va (yoki) kechiktirib bolmaydigan tibbiy yordam korsatishni asossiz ravishda rad etish Ozbekiston Respublikasi Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksining 591-moddasiga muvofiq, tegishli mamuriy javobgarlikni keltirib chiqaradi. Bemorga joyida yordam korsatilgach, shifoxonaga olib borish talab qilinadigan holatlar mavjud bolsa, Sogliqni saqlash vazirligining tegishli hujjatlariga asosan tez tibbiy yordam xodimi bemorni Toshkent shahrida joylashgan shifoxonalarga olib borishi lozim, deydi Sogliqni saqlash vazirligi yuridik bolimi boshligi Ruslan Muhammadiyev.

Xulosa qilib aytadigan bolsak, tez tibbiy xizmat korsatishda propiska bilan bogliq masalalarning rokach qilinishi qonunbuzarlik hisoblanadi, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
: admin (29-05-2019, 14:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 31) ( 0) ( 28) ( 3)
:
-
:
20 ... -