» » Ruslar Janubiy Koreyada o‘zbeklarga raqobatchi bo‘ladimi? Buker adabiy mukofotini musulmon ayol yutdi. Haftaning eng muhim tvitlari

Ruslar Janubiy Koreyada o‘zbeklarga raqobatchi bo‘ladimi? Buker adabiy mukofotini musulmon ayol yutdi. Haftaning eng muhim tvitlari


“Daryo” o‘tib borayotgan haftaning qizg‘in bahslarga sabab bo‘lgan tvitlarni diqqatingizga havola etadi.

“1980-yillarda Turkiyada joylashgan AQSh va NATO harbiy bazalari”, — Bahlul O‘zkan, Marmara universiteti dotsenti, xalqaro munosabatlar bo‘yicha ekspert.

“Ummonlik yozuvchi ayol ilk bor xalqaro Buker mukofoti g‘olibiga aylandi”, — Ahmad Al-Omran, @FT.

“Rubl qadrining pasayishi narxlarning muttasil oshib borayotgani borgan sari ruslarni xorijda ishlashga majbur qilmoqda. Oyiga 1860 dollar mablag‘ ishlab topish imkonini beradigan Janubiy Koreya rus migrantlari uchun sevimli mamlakat bo‘lib qolmoqda”, — Riskeldi Satke, jurnalist.

Rossiyada xalq g‘alaba qozondimi? ‘Russkaya gazeta’ ma’lumotlariga ko‘ra, namoyishlardan so‘ng Yekaterinburg hokimiyati xiyobonda cherkov qurish istagidan voz kechdi. Mulkdorlarga bosim o‘tkazish ularni muqobil qarashlarga quloq osishga majbur qilishini butun mamlakat guvohi bo‘ldi”, — Stiv Rozenberg, BBC.

“Stiv Bennon Qozog‘istonda o‘tkazilgan katta forumda. Populizm, millatchilik va G‘arbning Xitoyga nisbatan qattiqroq siyosat yurgizishi haqida gapirdi. Hech qanday jiddiy fikr yangramadi. Barchasi oddiy suhbatlar sirasidan bo‘ldi”, — Rid Stendish, jurnalist.

“Tereza Mey iste’foga chiqish borasida to‘g‘ri qaror qabul qildi. Butun mamlakat bilgan narsani endi u ham biladi — uning o‘zi ham, uning tarqoqlik avj olgan partiyasi ham mamlakatni boshqara olmasligini. Torining (konservatorlarning) rahbari kim bo‘lishidan qat’iy nazar, u xalqimizga mamlakatning kelajagini hal qilish uchun shoshilinch saylov o‘tkazilishga imkon berishi kerak”, — Jeremi Korbin, Buyuk Britaniya Leyboristlar partiyasi yetakchisi.

“Rossiya hududida 160 etnik guruh istiqomat qilishidan xabaringiz bormi? Ulardan 140 tasi o‘z tilida gaplashadi. Rossiya 145 millionlik aholisining 12 million nafarini turkiy xalqlar tashkil etadi. Rossiyada 20 million musulmon istiqomat qiladi”, — Turkiyadagi Rossiya tadqiqotlar instituti.

“U yoki bu mamlakatning kuchini ko‘rsatadigan eng asosiy olti jihat: 1) sifatli bilim olgan yoshlar; 2) qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida sanoat salohiyati; 3) kuchli mudofaa sanoati; 4) brendlar ishlab chiqarib, qiymatga ega bo‘ladigan sanoat; 5) qonun ustuvorligini ta’minlaydigan universal siyosiy konsepsiya; 6) atrof muhit va tabiatga bo‘lgan ehtirom”, — O‘zjon Qozio‘g‘li, Dunya gazetasi kolumnisti.

“Fransiya ‘Milliy front’ siyosiy partiyasi yetakchisi Marin Le Pen yevrosaylovda 23,3 foiz ovoz olib g‘alaba qozondi. Bu 2017-yildagi prezident saylovida g‘alaba qozongan Emmanuel Makronning eng katta mag‘lubiyatidir”, — Jim Roberts.

“Yevropadagi saylovlar Yevropa demokratiyasi sog‘lom va yashovchan ekanini ko‘rsatdi. Oxirgi 20 yilda saylov jarayonida qatnashganlar sonining yuqori bo‘lishi yevropaliklar Ittifoq kelajagini hal qilishda faol ekanidan guvohlik beradi”, — Yevropa Ittifoqi vakolatxonasi.

Jahongir Ergashev tayyorladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют