» » O‘zbekistonda soxta bankrotlik uchun jarima miqdori oshirildi

O‘zbekistonda soxta bankrotlik uchun jarima miqdori oshirildi


Jinoyat kodeksi hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish, qasddan bankrotlikka olib kelish uchun jarima miqdori eng kam oylik ish haqining 150 baravaridan (30 mln 409 ming 500 so‘mdan) 250 baravarigacha (50 mln 682 ming 500 so‘mgacha) oshirildi.

Ilgari bu miqdor eng kam oylik ish haqining 100 baravaridan (20 mln 273 ming so‘mdan) 200 baravarigacha (40 mln 546 ming so‘mgacha) edi.

Mazkur jinoyatlar uchun endilikda muayyan huquqdan mahrum qilish (ya’ni tadbirkorlik bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilish) jazosi qo‘llanilmaydi.

Mazkur o‘zgartirishlar 3 oydan so‘ng kuchga kiradi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra g‘ayriqonuniy ov, baliq ovlash mahsulotini, yovvoyi o‘simliklarni yig‘ish ham eng kam oylik ish haqining 10 baravaridan (2 mln 27 ming 300 so‘mdan) 15 baravarigacha (3 mln 40 ming 950 so‘mgacha) jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ilgari faqat g‘ayriqonuniy ov mahsulotlarini qabul qilish uchun javobgarlik mavjud edi.

Endilikda ov qilish va baliq ovlashning taqiqlangan qurollarini yoki vositalarini tayyorlash, olib kirish, saqlash, tashish yoki yuborish, olish yoxud sotish huquqbuzarlik quroli va ashyolarini musodara qilib:

fuqarolarga eng kam oylik ish haqining 3 baravaridan (608 ming 190 so‘mdan) 5 baravarigacha (1 million 13 ming 650 so‘mgacha);

mansabdor shaxslarga 7 baravaridan (1 million 419 ming 110 so‘mdan) 10 baravarigacha (2 million 27 ming 300 so‘mgacha) jarima solishga sabab bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют