» » “Barselona” Neymarni ortga qaytarish uchun harakatlarni boshladi

“Barselona” Neymarni ortga qaytarish uchun harakatlarni boshladi


RAC1 radiosi xabariga ko‘ra, “Barselona” parijliklar bilan braziliyalik hujumchi Neymar transferi borasida muzokaralarni boshlab yuborgan.

Shartnoma bandiga kataloniyaliklar vingeri Usmon Dembele ham kiritilishi mumkin.

Ma’lum bo‘lishicha, muzokaralar hali ham dastlabki bosqichda. PSJ futbolchini olib qolishga harakat qiladi. Biroq Neymarning o‘zi “Barselona”ga qaytishni xohlamoqda. Lionel Messi boshchiligidagi “ko‘k-anor ranglilar” uni jamoada yana ko‘rishdan xursand bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Neymar “Barselona” tarkibida 2013-yildan 2017-yilgacha to‘p surdi. Shundan so‘ng 222 million yevro evaziga PSJga ko‘chib o‘tdi.

Dembele esa kataloniyaliklar safiga  Dortmundning “Borussiya” klubidan bonuslardan tashqari 105 million yevro evaziga o‘tgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 110) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют