» » Malayziyada so‘nggi erkak Sumatra karkidoni o‘ldi (video)

Malayziyada so‘nggi erkak Sumatra karkidoni o‘ldi (video)


Malayziyada Tem laqabli 30 yoshli erkak Sumatra karkidonining (Dicerorhinus sumatrensis) so‘nggi vakili o‘ldi, deb xabar berdi “Liga Novosti”.

U 2008-yildan beri Kalimantan orolidagi Tabin qo‘riqxonasida yashagan. Uning nima sababdan vafot etgani hali aniqlanmagan. Bunga buyrak yoki jigar yetishmovchiligi sabab bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda. Qayd etilishicha, aprel oyi oxirida uning ishtahasi pasayib, kamquvvat bo‘lib qolgan edi.

Malayziyada 2015-yilda bu turdagi hayvonni yovvoyi tabiatda qirilib ketgan deb e’lon qilgan.

Mamlakatda eng oxirgi qolgan urg‘ochi karkidonni sun’iy urug‘lantirish bo‘yicha qilingan barcha harakatlar esa foyda bermagan.

Indoneziya yovvoyi tabiatida 80 tadan kam zot qolgan va ularning soni yildan yilga kamayib bormoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют