» » Samarqand shahrida keyingi uch yilda 4 ta yerosti yo‘laklari quriladi

Samarqand shahrida keyingi uch yilda 4 ta yerosti yo‘laklari quriladi


Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Sammitini yuqori saviyada o‘tkazish doirasida Samarqand shahrida keyingi uch yilda 4 ta yerosti yo‘laklari qurilishi belgilandi, deb xabar berdi “Zarnews”.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-maydagi “Samarqand shahrida 2019—2022-yillarda amalga oshiriladigan ulkan bunyodkorlik ishlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, Samarqand shahrida 2019-2022-yillarda barpo etiladigan tonnel va ko‘priklar, shuningdek, quriladigan, ta’mirlanadigan va rekonstruksiya qilinadigan avtomobil yo‘llarining manzilli ro‘yxati tasdiqlandi.

Natijada uch yil ichida loyiha qiymati 272 milliard so‘m, umumiy uzunligi 190 metr bo‘lgan Samarqand shahrining Bo‘stonsaroy va Rudakiy ko‘chalari kesishuvida (53 metr), Mirzo Ulug‘bek va Gagarin ko‘chalari kesishuvida (47 metr), Dahbed va Ibn Sino ko‘chalari kesishuvi (50 metr) hamda Rudakiy va Gagarin ko‘chalarining chorrahalarida (40 metr) yerosti yo‘laklari - tonnellar quriladi.

Qurilish ishlari respublika budjeti hamda “Abu-Dabi taraqqiyot jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют