» » Neymar yana jarohatga yo‘liqdi

Neymar yana jarohatga yo‘liqdi


Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar chap tizzasidan jarohat oldi. Bu haqda Globo Esporte xabar berdi.

Mashg‘ulotlar vaqtida 27 yoshli hujumchisi tizzasida og‘riq sezdi.

U bir nechta mashqlarni bajarishga harakat qildi, biroq uddasidan chiqa olmadi va terma jamoa shifokori Rodrigo Lasmar yordamida maydonni tark etdi.

Keyinchalik esa Neymar tizzasidan jarohatlangani ma’lum bo‘ldi. U allaqachon shifokorlar nazorati ostida davolanish kursini boshlab yuborgan.

Ma’lumot uchun, Neymar joriy mavsum ikkinchi bor jarohat oldi. Futbolchi bundan avvalgi jarohati sabab 2 oy maydonga tusha olmagandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq hujumchi Amerika Kubogida terma jamoa sardori sifatida maydonga tushmasligi hamda sardorlik bog‘ichi Dani Alvesga o‘tgani haqida xabar berilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 56) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют