» » Toshkentlik 80 yoshli otaxon propiskasi Shayxontohurdan Olmazorga ozgargani sababli 5 yildan beri haj safariga borolmayapti

Toshkentlik 80 yoshli otaxon propiskasi Shayxontohurdan Olmazorga ozgargani sababli 5 yildan beri haj safariga borolmayapti


Mehnat faxriysi, yoshi 80 dan oshgan Abdukarim Azlarxojayev 2014-yilning yanvar oyida hajga borishni niyat qilib, ozi yashaydigan Shayxontohur tumanining shu nomli mahallasiga ariza beradi. Ikki yil otgandan song Olmazor tumaniga, nabirasining oilasiga kochib otadi. Bu haqda Daryoga jurnalist Rahimjon Sultonov malum qildi.

Otaxon shu masalada osha yerdagi Shifokorlar mahallasiga murojaat qilsalar, u yerdagi mahalla raisi Qoidaga kora, navbatda turgan mahallangizdan hajga borasiz deb, uning ismi-sharifini tegishli royxat daftariga kiritmaydi.

Abdukarim aka avvalgi, yani Shayxontohur mahallasiga kelib murojaat qilsa, mahalla raisi Nigmat Raimjonov Men qanday Sizni hajga yuboraman, propiskangiz Olmazorda tumanida-ku, axir! deb gapni qisqa qiladi.

Shu yil mart oyida mutasaddilarning bu hatti-harakatlaridan ajablanib, nahotki masalaning yechimi bolmasa? deb Abdukarim akani olib, Ozbekiston musulmonlari idorasiga bordim. U yerga borsak, idora mutasaddilari bilan uchrashadiganlar kop ekan.

Navbatimiz kelganda, bizni, nima gap, nimani xohlaysizlar deb, idora qorovuli suhbatga tortdi. Dardimizni aytsak, qorovul yigit haj safariga borish bilan bogliq barcha masalalar hozir mahallalarga va uning yuqori tashkiloti hokimiyatlarga berilgan, deb bironta xodim oldiga kirishimizga imkon bermadi.

Noiloj Olmazor tumani hokimligiga bordik. U yerda bizni qarshi olgan ichki ishlar xodimi Sizlar bu masala bilan mahalla raisiga murojaat qilinglar dedi. Mahalla qomitasi bu masalani hal qilmayapti deganimizdan keyin hokimlik hovlisida joylashgan, mahallalar bilan ishlaydigan bolimga yol korsatdi.

U Fuqarolarning ozini-ozi boshqarish organlarni boyicha tuman faoliyatini muvofiqlashtirish kengashi ekan. Mutasaddilardan hech kim yoq, kotiba xonim yaxshisi, ariza yozinglar, deb maslahat berdi.

Aprel oyida Abdukarim aka Din ishlari boyicha qomita raisi J.Akromov va Toshkent shahar hokimi J. Ortiqxojayevga ariza yolladi. U kishida Prezident virtual qabulxonasiga murojaat qilish uchun akkaunt bolmagani sababli arizalarni men jonatdim.

Kop otmay shu idoralardan menga qongiroqlar boshlandi. Din ishlari boyicha qomita xodimi bizlar yakka xojilar bilan shugullanmaymiz, mahallangizga murojaat qiling, shunday bolsa ham Sizga javob xati yuboramiz, shunga amal qiling, deb gapni yakunladi.

Birozdan keyin Diniy qomitadan javob xati ham keldi. Unda takidlanishicha, Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mahalla jamgarmasi, Din ishlari boyicha qomita, Ozbekiston musulmonlari idorasi hamda mutasaddi vazirlik va idoralar hamkorlikda haj va umra ziyoratlariga borish istagida bolgan fuqarolar royxatini xolisona va ijtimoiy adolat mezonlari asosida shakllantiradi hamda muqaddas haj ziyoratni tashkil kilishda belgilangan tartibga qatiy amal qiladi.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-iyundagi 364-sonli qarorining 4-bandida Haj va Umra tadbirlariga borish uchun navbatda turgan ziyoratchilarning doimiy yashash joyi ozgargan taqdirda, ulariing avvalgi manzili boyicha navbati saqlanib qolishi belgilab qoyilsin degan tahririga muvofiq haj ziyoratiga boruvchilar royxati shakllanadi.

Korib turibsizki, qogozda bir gap, amalda esa boshqa.

Osha kezda Abdukarim akaga Olmazor tumani Fuqarolarni ozini ozi boshqarish organlarni boyicha tuman faoliyatini muvofiqlashtirish kengashi boshqaruv raisining diniy-marifiy masalalar boyicha orinbosari, ozini Samug Hikmatov deb tanishtirgan kishi telefon qilib, bizlarni shanba kuni idoraga taklif qildi.

Ochigini aytsam, oldiniga juda ham quvonib ketdik. Mana, nihoyat, masala hal boladi, tayyorgarlik koravering, deb Abdukaarim akani tabrikladim ham. Idoraga taklif qilingan vaqtdan oldinroq kelib, Samug akani ancha kutib turdik. Aytilgan vaqtdan bir soat otgandan keyin kabinet egasi yetib keldi.

Salom-alikdan keyin, Abdukarim aka yozgan arizalarni, shu bilan birga, meyoriy hujjatlarni olib, birma-bir bizlarga oqib berdi. Uning gap-sozlaridan bizning masalamiz mutlaqo hal bolmasligi oydinlasha boshladi.

Shundan keyin Samug aka bir varaq qogozni Abdukarim akaning qoliga tutqazib, Boshqa arzim yoq deb yozib berasiz, dedi. Masala hal bolmagan bolsa, nega yozib beramiz?! deb taajjublanib, ariza yozmasdan xayrlashdik.

Shu voqeadan kop otmay Olmazor tuman hokimidan javob xat keldi. Eng qiziqarligi joyi shundaki, bu javob xatida qayoqdandir fuqaro G.Zoidova familiyasi paydo boldi. Shundan ayon boldiki, shunga oxshagan xatlarning matni tayyor, ularni hammasi nusxa kochirilgan holda arizachilarga yuborilmoqda.

Toshkent shahar hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boyicha orinbosari Alimardon Qarshiyev kotibiyatida Alisher degan yigitcha Abdukarim akani hokimlik rhbariyatiga qabulga yozdi. Lekin u yerdan hozirgacha hech qanday darak yoq.

Orinli savol tugiladi: poytaxtda yashab, besh yildan beri Haj safariga borolmayotgan 80 yoshli otaxon dodini kimga aytsin? Qolaversa, boshqalar, minglab yurtdoshlar haj safariga qanday tartibda boryapti? Prezidentning Haj safari masalalariga doir qaror va farmoyishlarida qator davlat va jamoat tashkilotlari korsatilgan. Lekin ularning birontasida bu masalani hal qilib bolmasa, bu nima degan gap?

Toshkentda idorama-idora sarson bolib yurganimizda qoshni mamlakatda tijorat ishlari bilan shugullanadigan bir dostimiz, kelinglar, Abdukarim akani Chimkent orqali hajga jonataman, faqat pasportingizni bersangiz boldi, deb qoldi. Abdukarim aka esa Yoq, Xudo ozi chaqirsa, albatta oz yurtimdan hajga borib kelaman, deb bu taklifni rad etdi.



Manba: Daryo.uz
: admin (29-05-2019, 19:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -