» » Germaniya prezidenti Xorazmning qadimiy obidalari bilan tanishdi (foto)

Germaniya prezidenti Xorazmning qadimiy obidalari bilan tanishdi (foto)


Germaniya Federativ Respublikasi Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer rafiqasi hamrohligida Xiva shahrining tarixiy markazi Ichan qalaga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda OzA.

Qadimiy majmua kop asrlik tarixga ega. Bu yerdagi dunyo memorligining noyob ananalarini ozida aks ettirgan koplab obidalar shaharning asriy rivojlanish tarixidan hikoya qiladi.

Mehmonlar Kohna ark, Pahlavon Mahmud majmualari, Qozi Kalon madrasasi, Kalta minor yodgorligi va boshqa diqqatga sazovor joylari bilan tanishdi.

Memoriy yechimiga kora oziga xos Muhammad Aminxon madrasasi va uning peshtoqida qad rostlagan, qurib bitkazilmay qolgan bolsa-da, shoirlar baytlarida Falak ayvoniga qoyilgan ustun deya tariflangan minora tarixi, binoning ulugvorligi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Muhammad Aminxon minorasi oziga xos usulda, quyosh nurlari tushushi va botishi hisobga olingan holda qurilgani bois koshinlardagi ranglar ozgarmaydi. Kok, yashil, niliy ranglar uygunligidan samarali foydalanilgan minora inson koz ongida yorqin va serjilo ranglarda namoyon boladi.

Xiva asrlar osha nafaqat savdo-sotiq, balki madaniyatlar va dinlararo bagrikenglik markazi ham bolib kelgan. Buni XIX asr Xorazm tarixidan munosib orin olgan nemis mennonitlari turmush tarzi, ularning mahalliy aholi bilan tinch-totuv kechirgan hayoti ham tasdiqlaydi.

Taqdir taqozosi bilan Turkiston olkasiga kelib qolgan nemis mennonitlari Xorazmda qonim topadi. Ular yashagan Oqmachitdagi Yevropa tipidagi nemis shaharchasi hunarmandlik va savdo-sotiq markazi sifatida ravnaq topdi.

Ushbu tarixiy aloqalar va xotiralar bugun Ichan qala hududida tashkil etilgan muzey misolida xorazmliklar xotirasida saqlanmoqda.

Germaniya delegatsiyasi Ichan-Qala davlat muzey-qoriqxonasida tashkil etilgan Oqmasjidlik mennonitlar muzeyida ham bolib, majmuaning yaratilish tarixi bilan tanishdi.

Mehmonlarga XIX asrning 90-yillarida Xiva xonligi hududida yashab otgan nemis mennonitlari turmush tarzi va xonlik hayotidagi ishtiroki haqida sozlab berildi.

Xiva tarixiy obidalaridagi aksariyat naqshlar bir-birini takrorlamaydi. Yagona kompozitsiya hosil qilgan tasvirlar necha ming yillik tarixga ega kohna kentda qaror topgan xalqlararo birodarlik, yagona oila va umumiy kelajak qurishdek ezgu intilishlarni aks ettiradi.

Mohir usta va duradgor nemis mennonitlari ham shahardagi ana shunday bunyodkorlik ishlariga katta hissa qoshgan. Xivaga kochib kelgan nemis xojaliklarining shahardagi Qosha darvoza, yevropa uslubi bilan mahalliy arxitekturaning uygunlashib ketishi natijasida bunyod etilgan pochta-telegraf, kasalxona, Qibla Tozabog va Isfandiyorxonning rasmiy qabulxonasi qurilishida faol ishtirok etgani tarixiy hujjatlarda bitilgan.

Muzeydan joy olgan eksponatlar Xiva xonligida qisqa davr yashab, xivaliklar qalbida yaxshi taassurot qoldirgan nemis mennonitlari tarixi, ularning mohir hunarmandligi va chin insoniy xislatlari, boshqa din vakillarining qardoshligi mavzulari haqida hikoya qiladi.

Ozbekiston betakror diyor. Qadim Xiva misolida bu zaminning asriy urf-odatlari, mehmondost xalqi haqida yanada koproq malumotga ega boldik. Nemis mennonitlarining bu yerda hayot kechirishlari uchun yaratilgan sharoitlar haqida sozlab berishdi. Osha kezlarda turli millat, din va hayot tarziga ega insonlarning totuvlikda hayot kechirgani bugungi kunda ham xalqlarimiz tabiatida ustun bolgan birodarlik fazilatining yorqin misolidir, dedi Frank-Valter Shtaynmayer.



Manba: Daryo.uz
: admin (29-05-2019, 19:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 6) ( 0) ( 4) ( 2)
:
-
:
20 ... -