» » BAA bosh vaziri Butunjahon baxt kengashining ta’sis etilganligini e’lon qildi

BAA bosh vaziri Butunjahon baxt kengashining ta’sis etilganligini e’lon qildi


Birlashgan Arab Amirliklari bosh vaziri, vitse-prezident va Dubay hukmdori Muhammad bin Rashid Al Maktumning tashabbusi bilan Butunjahon baxt kengashi ta’sis etildi. Bu haqda “Russkiye emirati” nashri xabar bermoqda.

Uning fikricha, inson baxtiga erishish uchun yangicha yondashuvni ishlab chiqish lozim.

Kengash ta’sis etilishi haqida 20-mart, Butunjahon baxt kuni e’lon qilindi.

“Keskinlikning oshishi va global yangilanish rahbar va siyosatchilardan odamlarga umid beruvchi va istiqbolni ochuvchi yangi yondashuvlarni ishlab chiqishni talab qiladi”, — deya ta’kidlaydi Muhammad.

Kengashga AQSh Kolumbiya universiteti professori Jeffri Saks rahbarlik qiladi, uning tarkibida 12 nafar a’zosi ham bo‘ladi. Yangi organ kelajakda global taraqqiyotni ta’minlash uchun baxt xalqaro me’yorlarini ishlab chiqadi. Kengash bir yilda ikki marta to‘planadi. U, shuningdek, BMT tomonidan ma’muriy qo‘llab-quvvatlanadi.

“Baxt yuqumlidir va biz dunyoda ko‘proq odam o‘zlarini baxtli his qilishi va farovonlikdan zavqlanishini istaymiz”, — deydi Dubay hukmdori.

Опубликовано: admin (20-03-2017, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют